«Rasmiy sahifalarimiz, ijtimoiy tarmoqlardagi ommaviy guruhlar hamda keng jamoatçilikda Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan stikerlar maşina sotilganda, nosoz yoki yaroqsiz holga kelib qolganda almaştirib beriladimi, degan savollar köpaymoqda.

Xabaringiz bor, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga asosan 2020 yil 1 avgustga qadar mamlakatimizda avtotransport harakati çeklandi. Biroq maşinalar harakatlanişi uçun DXMlar tomonidan ilgari berilgan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar karantin çeklovlari amal qiliş davrida qöllanilişi belgilandi.

Odatda, markazlarimiz orqali körsatiladigan har bir xizmat aniq reglament asosida amalga oşiriladi. Stikerlar beriş xizmati esa Maxsus komissiyasining 2020 yil 30 martdagi 13-son yiğiliş bayoni bilan tasdiqlangan tegişli vaqtinçalik tartibga asosan amalga oşirilgan. Mazkur tartibda maxsus ruxsatnoma berilgan maşinalar özgarişi munosabati bilan ularni qayta rasmiylaştiriş nazarda tutilmagan», deyiladi agentlikning rasmiy bayonotida.

Qayd etilişiça, Respublika maxsus komissiyaning 2020 yil 30 martdagi 13-son yiğiliş bayoni bugungi kunda öz kuçini yöqotgan. Davlat xizmatlari markazlari orqali avtotransport vositalariga stikerlar beriş 2020 yil 9 apreldan töxtatilgan.

Ma'lumot uçun, har bir stiker gologrammalar bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali alohida unikal raqam bilan rasmiylaştirilgan. Unga kiritilgan ma'lumotlarga hozirda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan özgartiriş kiritişning texnik imkoniyati mavjud emas.

Avvalroq DXA davlat xizmatlari markazlari stiker beriş töxtatilgani haqida ogohlantirgandi.