Aholi örtasida koronavirus infeksiyasining tarqaliş zanjirini uziş maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qöşimça ravişda quyidagi karantin çeklovlari kiritildi: 

  • sartaroşxona va gözallik salonlari faoliyati töxtatiladi;
  • mahalliy (içki) aviaqatnovlar va temir yöl qatnovi töxtatiladi;
  • 65 yoşdan oşgan şaxslarga «özini özi yakkalaş» hayot tarziga qat'iy rioya etiş hamda sababsiz uydan taşqariga çiqmaslik tavsiya etildi.

Şuningdek, joriy yil 18-19 iyul hamda 25-26 iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi. 

Mazkur çeklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan avtotransport vositalariga hamda Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 8 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanişiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

18-19 iyul hamda 25-26 iyul (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi: 

  • aholiga – «özini özi yakkalaş» hayot tarziga qat'iy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;
  • davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.