Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasining ta'kidlaşiça, Rossiya 2019 yil dekabrda bölib ötgan Britaniya parlamentiga saylovlar natijasiga ta'sir körsatişga uringan.
"Sinçkovlik bilan ötkazilgan tahlillar asosida hukumat Rossiya kuçlari noqonuniy tarzda qölga kiritilgan hukumat hujjatlarini faol tarqatib 2019 yildagi parlament saylovlariga aralaşişga uringan degan xulosaga keldi", - dedi mamlakat taşqi işlar vaziri Dominik Raab.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiyaning saylov natijalariga ta'sir körsatişga ehtimoliy urinişi fakti böyiça jinoiy suriştiruv boşlangan.
"Jinoiy suriştiruv olib borilmoqda va mazkur bosqiçda yana biror gap aytişning mavridi emas ", - dedi Raab.

















