16 iyul kuni noma'lum xakerlar AQŞ prezidentligiga demokratik partiya nomzodi Jo Bayden va boşqa qator taniqli insonlarning Twitter sahifalariga bir xil e'lonni joylaşgan. Ular moliyaviy ehromlar ruhida bitkoinlarni işlaşni taklif qilgan.
“Men jamiyatga qaytaraman. Quyidagi manzilga yuborilgan barça bitkoinlar 2 hissada qaytariladi! Agar siz 1000 dollar yuborsangiz, 2000 dollar qaytaraman. Faqat 30 daqiqa içida”, — deyiladi Bayden sahifasida.
Verguligaça öxşaş bölgan şu kabi xabar Tesla asosçisi Ilon Mask, milliarder va Microsoft asosçisi Bill Geyts, Amazon rahbari Jyeff Bezos, reper Ka Uest, şuningdek, AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama va taniqli reper Uiza Xalifa sahifalarida ham paydo bölgan.
Ma'lum qilinişiça, şu kunning özida, statistikaga köra, e'londa ma'lum qilingan bitkoin manzilga 300dan ortiq tranzaksiya amalga oşirilgan.
Toşkent vaqti bilan soat 3-00da 321ta tranzaksiya amalga oşirilgan, Xususan, 12,3 bitkoin qabul qilinib, 5,8 bitkoin qaytarilgan. Bir bitkoin qiymati 9,2 ming AQŞ dollarini taşkil etişi inobatga olinsa, taxminan 112 ming dollar ötkazilgani ma'lum böladi. Tranzaksiyalar soni ortib bormoqda.
Şu bilan birga, Federal qidiruv byurosi mazkur hodisadan xabardor ekanligini ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda ABC11 telekanali.
“Biz bir neça Twitter sahifalarining xavfsizligiga rahna solgan bugungi voqeadan xabarimiz bor. Sahifalar, katta ehtimol, kriptovaluta bilan firibgarlik qiliş maqsadida buzilgan. Biz jamoatçilikni bu narsaga aldanib qolmaslikka hamda kriptovaluta yoki pul yubormaslikni tavsiya qilamiz”, - deyiladi FQB bayonotida.
Twitter asosçisi va rahbari Jyek Dorsi uşbu voqeadan söng bayonot berib, kompaniya nima sodir etilganini töliq örganib çiqqaç, batafsil ma'lumot berilişini bildirdi. Twitter texnik qöllab-quvvatlaş markazi esa, sahifalarning aksariyati xavfsizlik muammosiga tekşirilgaç, ayni çoğda ulardan foydalaniş mumkinligini e'lon qildi.
“Biz uçun Twitterʼdagi qiyin kun. Bunday iş sodir bölganidan özimizni juda yomon his qilyapmiz. Biz muammoni örganamiz va aynan nima röy berganiga doir aniqroq ma'lumot bölişi bilan sizlarga ma'lum qilamiz”, - deb yozgan Dorsi Twitter sahifasida.
















