Davlat rahbari öz nutqida oğir şaroitdan çiqib ketgan viloyatlarni alohida sanab ötdi.
«Toşkent şahri va Toşkent viloyatida jilovni böş qöyganimiz uçun vaziyatimiz mutlaqo hozirgi talabga javob bermay, odamlarning noroziligini keltirgani ham haqiqat.
Bugun alohida majlis çaqirganim bejiz emas. Bu yerda ötirgan rahbarlar, sizlar özi hozirgi siyosatni tuşunasizlarmi-yöqmi? Dunyoda qanday iqtisodiyot bölyapti, vabo bilan qanday kuraşilyapti, nimani tahlil qilyapsizlar, degan savol meni qiynaydi.
Mana, Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand viloyatlarida qanday oğir şaroitdan öşa yerdagi birinçi rahbarlar fidoyiligi uçun, qattiqqölligi uçun çiqib ketyapmiz. Andijonda ham ahvol juda yomon edi. Samarqandda qanday vaziyatga keldik biz?
Toşkentda nima böldi? Toşkent viloyati nima böldi? Hokimlar va sektor rahbarlari öz hududidagi haqiqiy ahvolni umuman örganmagan va pastga tuşmagan. Sizlar hozirgi siyosatimizga, xalqimizga xiyonat qilyapsizlar. Qanday aççiq bölsayam, baho mana şunday.
Uruş paytidagi vaziyat hozir! Uruşda faqat xalqning tinçligi, xalqning osoyiştaligi, xalqning soğligini öylaşimiz kerak. Eng asosiysi, birinçi rahbarlar tuşunişni xohlamayapti. Ular özlarining hududlaridagi tibbiyot muassasalariga biron marta kirmasdan, ular bilan uçraşmasdan, real vaziyatni örganmagan va körmagan, desak adolatdan böladi.
Aholini virusdan ogohlantiriş va saqlaş, kasallikni öz vaqtida va töğri davolaş uçun mas'uliyatni umuman his qilmagansizlar. Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan ham, keyingi bir oyda koronavirusni davolaş strategiyasi va taktikasi keskin buzilgan, real holatdan kelib çiqib, davolaş amaliyoti özgartirilmagan.
Şifokorlar tomonidan bemorlarga nisbatan befarqlik va sovuqqonlik holatlariga ham yöl qöyilmoqda», – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev respublika böyiça jami kasallarning 40 foizi Toşkent şahriga töğri kelayotganini ta'kidladi.
«Agar tumanning hokimi, şaharning hokimi, agar bu yerda sadoqatli odamlar ötirganida, siyosatga xayrixoh odamlar ötirganida, Toşkentda şunday şarmandalik mumkinmidi? Toşkentda iloji bor-ku hamma narsaning?» — dedi davlat rahbari.
Mirziyoyev bugundan boşlab pandemiyaga qarşi kuraş strategiyasi va taktikasini butunlay özgartiriş zarurligini aytdi.
«Bu işga respublika ixtisoslaşgan tibbiyot markazlari, boşqa davolaş maskanlari, tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining malakali kadrlarini ham jalb etiş çoralari körilsin. Hammani jalb qilasizlar»,














