Rossiya hukumati tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi xakerlar dunyo ilmiy va farmatsevtika taşkilotlarining koronavirus vaksinasi va uni davolaşga doir tadqiqot ma'lumotlarini öğirlaşga urinmoqda. Buyuk Britaniya kiberxavfsizlik Milliy markazi (NCSC) şu haqda bayonot bermoqda, deb xabar qilgan Reyter.
Britaniya, AQŞ va Kanada mutasaddi idoralarining birgalikda bergan bayonotiga köra, kiberhujumlar ortida Cozy Bear nomi bilan ham maşhur APT29 guruhi turibdi. Uşbu mamlakatlar fikriça, mazkur guruh, Rossiya maxsus xizmatlarining bir bölimi sifatida faoliyat körsatişi ehtimol.
“Biz koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraş yölida muhim iş bilan şuğullanayotganlarga uyuştirilayotgan uşbu yaramas kiberhujumlarni qoralaymiz”, - degan NCSC amaliyotlar bölimi direktori Pol Çiçester.
Markaz bayonotida aytilişiça, guruh hujumlari davom etmoqda. Xakerlar turli xil usullar va asboblardan foydalanmoqda, maqsadli fişing va zararli dasturlar şular jumlasidan.
Kreml ma'muriyati esa, RF Britaniyadagi farmatsevtika kompaniyalariga qilingan xakerlik hujumlariga aloqador emasligini aytmoqda.
Kreml Londonning Rossiyaga nisbatan bildirgan saylovlarga aralaşişga uriniş hamda xakerlik hujumlari ortida turgani xususidagi bayonotlarini asossiz deb hisoblaydi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga asoslangan holda xabar qilgan.
“Biz Buyuk Britaniyadagi farmkompaniyalar va tadqiqot markazlarini kim buza olganiga doir axborotga ega emasmiz. Bir narsani ayta olamiz: Rossiyaning bunday urinişlarga heç qanday aloqasi yöq, - degan Peskov. – Biz bunday ayblovlarni, xuddi 2019 yilgi saylovlarga aralaşiş xususidagi navbatdagi asossiz ayblovlar singari qabul qilmaymiz”.
Ayni çoğda Yaponiya hukumati uşbu xabar yuzasidan öz munosabatini bildirişga ulgurdi. Mamlakat hukumati kiberhujumlardan himoya qiluvçi barqaror tizimlarni rivojlantirişda davom etadi, deb bayonot berdi Yaponiya hukumati boş kotibi Yosixide Suga.
“Men xorijdan Yaponiya idoralari va muassasalariga qanday kiberhujumlar qilinişiga doir savolga javob bera olmayman. Ammo, biz kiberhujumlardan himoyalovçi barqaror tizimlarni rivojlantiriş hamda ulardan köriladigan ehtimoliy zararlarni kamaytiriş strategiyasini amalga oşiriş muhim deb hisoblaymiz”, - degan Yosixide Suga.


















