https://ok.ru/videoembed/1585696869055

Hokim şahar 1-son klinik şifoxonasidagi şaroitlar bilan tanişib, COVID-19 bilan xastalangan fuqarolarning oila a'zolari bilan suhbatlaşgan, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi axborot xizmati.

Ma'lum qilinişiça, muloqot davomida Ortiqxöjayev kasalxonada davolanayotganlarning tezda şifo topişi uçun barça şaroitlar, dori-darmonlar va oziq-ovqatlar ta'minoti töliq ekanini aytgan.

Şuningdek, fuqarolarning ularga körsatilayotgan tibbiy yordam qoniqarli emasligi töğrisida xavotirli fikrlarini tinglagan, mutasaddilarga ularning ehtiyoj va iltimoslarini talab darajasida qondiriş yuzasidan topşiriqlar bergan.

E'lon qilingan videodan Jahongir Ortiqxöjayev şifoxonada yotganlarning yaqinlaridan ovqat olib kelmaslikni sörayotganini köriş mumkin.

«Doktorlar nimaga ölişi mumkin, deb öylaysiz? Odamlarning uyida ham kovid tarqalgan hozir. Ikkita odam tinmay ovqat taşiyapti mana. Uyida kimningdir bolasi kasal, özi bilmaydi, ovqat pişiryapti va buyoqqa olib kelyapti. Endi tuzalayotgan kasal yana yuqtirib olyapti. Töğri tuşuntira oldimmi? Şuning uçun ovqatning menyusini özgartirdim hozir. Endi uydan ovqat olib keliş yöq», – deydi u.

Toşkent şahar Tez tibbiy yordam xizmati dispetçerlik markazida esa hokim kelib tuşayotgan murojaatlarning qabul qiliniş jarayonini közdan keçirib, muammolarga joyida yeçimlar taklif qilgan.

Eslatib ötamiz, 15 iyul kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan selektorda Jahongir Ortiqxöjayev va Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonovga hayfsan e'lon qilingan edi.