Yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida 15 iyul kuni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan boğliq vaziyatga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida belgilab berilgan vazifalarni öz vaqtida va samarali bajariş masalalari muhokama qilindi. Bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning mas'uliyatini yanada oşiriş, rahbarlarning şaxsiy javobgarligini kuçaytirişga alohida e'tibor qaratildi.
Maxsus komissiya yiğilişida koronavirus infeksiyasining odamlar orasida keng tarqalişi oldini oliş va uşbu kasallikka çalingan bemorlarga malakali tibbiy xizmat körsatiş böyiça amaliy çora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat körsatiş uzluksizligini ta'minlaş, koronavirusga tekşiruvlarni tezkor va samarali taşkil etiş va bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan ta'minlaş böyiça birinçi galda qilinadigan işlarga e'tibor qaratildi.
Komissiya yiğilişida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta'minlaş yuzasidan qaror qabul qilinib, ularga yetkazib beriladigan dori-darmonlar ruyxati tasdiqlangan.
Bundan buyon koronavirus kasalligidan uyida davolanayotgan bemorlarga «Gidroksixloroxin», «Azitromitsin», «Paratsetamol», «Vitamin S» kabi dori-darmonlar hamda bir martalik tibbiy niqoblarni belgilangan me'yorda, bepul yetkazib beriş yölga qöyiladi.
Koronavirus infeksiyasi böyiça test natijalari musbat natija bergan hamda kasallik yengil keçayotganligi sababli şifokorlar tavsiyasiga asosan uyida davolanayotgan bemorlar mazkur tibbiy vositalar bilan bepul ta'minlanadi.
Yiğilişda Soğliqni saqlaş vazirligi hamda tegişli idoralarga zudlik bilan mazkur dori-darmonlarning 50 mingta töplamini şakllantiriş va uyida davolanayotgan bemorlarga yetkazib beriş tizimini yölga qöyiş vazifasi yuklatilgan.
Bundan oldinroq, maxsus komissiya yiğilişida barça xususiy klinikalarga koronavirusga test oliş va davolaşga ruxsat berilgani xabar qilingandi.
















