Foto: Reuters

Ispaniya chempionatida 37-tur o‘yinlari davom ettirildi. Bu turda o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilgan «Real» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu «Real»ning 34-chempionligi bo‘ldi. Zidan vaqtida esa klub ikkinchi marta Ispaniya chempioni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

«Barselona» «Kamp Nou»da «Osasuna»dan kutilmagan zarbani qabul qilib oldi. O‘yinning 15-daqiqasida mehmonlar vakili Arnais ajoyib zarba bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Messi 62-daqiqada jarima zarbasidan mukammal ijro bilan hisobni tenglashtirdi.

77-daqiqada mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishlariga qaramay, 90+4-daqiqada Roberto Torres «Osasuna»ga sensatsion g‘alaba keltiruvchi golni kiritdi - 1:2. 

Bu mag‘lubiyatdan keyin Seten jamoasi 79 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, «Real» esa La Liga yakunidan bir tur avval chempionlikni rasmiylashtirdi.

La Liga. 37-tur

Real Madrid – Vilyarreal 2:1

Gollar: Benzema (29, 77, penalti) – Iborra (83).
Real Madrid: Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Karvaxal (Vaskes, 84), Kazemiro, Modrich (Isko, 85), Azar (Asensio, 62), Kroos (Valverde, 85), Rodrigo (Vinisius Junior, 62), Benzema.
Vilyarreal: Asenxo, Pau Torres, Kintilya, Shakla, Penya (Soriano, 46), Moyses Gomes (Kasorla, 63), Zambo-Angissa (Trigeros, 82), Morlanes (Iborra, 63), Chukvueze (Ontiveros, 46), Mario Gaspar, Jyerar Moreno.
Ogohlantirishlar: Shakla (18), Karvaxal (54), Modrich (62), Kintilya (68), Isko (86).

Barselona – Osasuna 1:2
Gollar: 0:1 – 15 Arnais, 1:1 – 62 Messi, 1:2 – 90 Roberto Torres.
Barselona – ter Stegen, Firpo (Alba, 79), Semedu (Vidal, 59), Langle, Serdji Roberto, Rakitich (Buskets, 67), Puch (de Yong, 79), Fati, Pike, Messi, Breytueyt (Suares, 59).
Osasuna – Errera, Navas, David Garsiya, Vidal, Aridane, Brashanats (Oyyer Sanxurxo, 46), Inigo Peres, Arnais (Galego, 71), Monkayola (Roberto Torres, 85), Estupinyan (Toni Lato, 90), Adrian (Barxa, 70).