Kun.uz Akmal Burhonov bilan agentlik faoliyati yuzasidan rejalari, korrupsiya, nepotizm, lobbizm, ofşor masalalari va jamiyatdagi boşqa muammolar yuzasidan intervyu uyuştirdi.

– Korrupsiya özbek milliy mentalitetiga singib ketgan illat. Afsuski, bu masalaga duç kelinganda oddiygina qilib «özbekçilik» deyiladi. Özbekçilik tuşunçasi korrupsiya sözi bilan sinonimga aylanib ketgan desa ham böladi. Bu juda oğir vaziyat va şunday murakkab vaziyatda işni nimadan boşlamoqçisiz?

– Özbekistonda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça alohida mustaqil tuzilmaning taşkil etilişi korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça taşlangan eng katta qadamlardan biri desak böladi. Avval ham korrupsiyaga qarşi kuraşilgan, turli tuzilmalar bölgan, bu işlar asosan huquqni muhofaza qiliş organlari huzurida taşkil etilgan, asosan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va uning oldini oliş bilan şuğullanişgan. Yoki respublika komissiyalari bölgan va ular jamoatçilik asosida işlaşgan. Alohida agentlik taşkil etilişini Özbekistonda korrupsiyaga qariş kuraş böyiça olib borilayotgan oçiqlik siyosatning mantiqiy davomi desak böladi. Dastlab davlat idoralari faoliyatining oçiqligi, ularning parlament oldida hisob beriş amaliyotining yölga qöyilgani birinçi qadam bölgan bölsa, ikkinçidan, davlat xizmatlarini körsatişning yangi tizimi paydo böldi. Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligining tuzilgani davlatning eng katta siyosiy irodasi. Bu bir tomondan, mamlakat bu illat özida çuqur ildiz otganini tan olgani bölsa, ikkinçi tomondan davlat rahbari darajasida korrupsiyaga qarşi kuraşiş kerakligi va buning uçun tuzilmaning taşkil etilgani böldi.

Tan oliş kerak, barça mamlakatlarda korrupsiya bor, heç qaysi davlatda korrupsiya tamomila yöq deb ayta olmaymiz. Davlatlar bir-biridagi korrupsiya darajasi bilan farqlanişi mumkin. Bizda, afsuski, eng quyi poğonadan tortib, eng yuqori darajagaça korrupsiya holatlari mavjud va ayrim sohalarda bu hattoki mentalitet, «özbekçilik» sifatida ham baholanadigan bölib qolgan. Aslida bunday bölmasligi kerak.

Bu tamomila yangi taşkilot, yangi tizim. Bu taşkilot boşqa davlat idoralari uçun örnak bölişi kerak – xodimlarni işga olişdan tortib, ularning faoliyati, OAV va jamoatçilik uçun oçiqligi, har bir qadamigaça.

Birinçi navbatda, xalqaro standartlar va şaffoflik mexanizmi asosida taşkilotni tuzib oliş kerak. Bu Özbekiston uçun yangi tuzilma bölgani bois özimizning oldingi tajribani emas, xorij tajribasini örganiş muhim. Janubiy Koreya, Singapur, Yevropaning rivojlangan davlatlari tajribasini örganişni boşlaymiz. Hozirda xalqaro taşkilotlar bilan muzokaralar boşlab yuborildi. Ular ham hamkorlikka tayyorliklarini bildirişdi.

Ikkinçidan, bizdagi boşqa davlat idoralari bilan hamkorlik. Birinçi örinda huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş masalasi turibdi.

Uçinçidan, özimizning aniq rejalarimizni işlab çiqmoqçimiz. Bu rejani korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça milliy kengaş bilan maslahatlaşgan holda amalga oşiramiz.

Maqsadimiz korrupsionerlarni topib jazolaş emas. Afsuski, hozirgaça korrupsiya holatlari tahlil qilinmagan. Nima uçun poraxörlik holatlari OAVda körsatilayotganiga qaramay, jazo çoralariga qaramay davom etmoqda?! Biz buning tahlilini boşlaşimiz kerak. Fuqarolarning fikrini örganiş böyiça yetarliça sörov va tadqiqotlar ötkazilgan. Fuqarolarning fikrini umumlaştirib aytganda – Özbekistonda korrupsiya ildiz otib ketgan, buni yengib bölmaydi. Bu lavozimga tayinlanganim haqidagi xabarlar çiqqanda ham ijtimoiy tarmoqlarda bu iş juda qiyinligi, eplolmaydi, tizim yeb yuboradi, agentlik işlasa ham eng past böğindagi holatlarni örganadi, lekin asosiy nahanglar yana çetda qolib ketadi, degan fikrlar ham bildirildi. Ataylab şunaqa yoş, tajribasiz kadr qöyilgan deganlar ham böldi. Xalqning fikri böyiça tadqiqot ötkaziş şart emas, buning natijasi hammaga ma'lum. Yoki bölmasa siyqasi çiqib ketgan tarğibot-taşviqot işlari ham iş bermaydi.

Birinçi örinda, qonunçilikda, tizimda nima şaroit yaratib berganmiz – mana şuni tahlil qilib beriş. Aniq vazifalar davlat rahbarining 29 iyundagi qarorida ham belgilab ötilgan. Mana şu vazifalarni amalga oşirişga kirişamiz.

– Özbekistonda hokimiyatlarning böliniş prinsipi normal darajada işlamaydi. Çunki ular bir-birining ustidan töla nazorat örnatmagan, yoki boşqaça aytganda barça nazorat amalda ijro organi vakolatida bölib qolyapti. Nazarimda, bu sizni faoliyatingizda boş muammo. Demoqçimanki, ularning normal işlamasligi sizning taşkilotingiz faoliyatini baribir kuçsizlantiravermaydimi?

– Korrupsiya holatlariga eng köp yöl qöyilayotgan nuqtalar mahalliy davlat hokimiyati idoralari ekanligini köryapmiz. Senat raisi rahbarligida 44ta a'zodan korrupsiyaga qarşi kuraş milliy kengaşi taşkil etildi. Ularning orasida huquqni muhofaza qiliş organlari rahbarlari, jamoatçilik organlari vakillari ham kiritilgan. Va har bir hududda korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça komissiya tuzilgan. Bu kengaşlarning rahbarlari hokimlar hisoblanadi. Ma'lumki, hokimlar va vazirlar parlament oldida hisob berişadi. Ular hisobot berişidan avval öşa hududning korrupsiyaviy holatini örganib, bu masala böyiça ularning alohida hisobotini eşitiş amaliyotini yölga qöymoqçimiz.

Prezident farmonida agentlikka katta vakolat berilgan – davlat hokimiyati idoralari rahbarlari tomonidan çiqarilgan qarorlarga nisbatan korrupsion nuqtayi nazardan şubha böladigan bölsa, agentlik ularni töxtatib turiş yoki bekor qiliş xususida taqdimnoma kiritiş vakolatiga ega.

Yana bir marta aytaman – asosiysi tahlil. Biz korrupsiogen vaziyatni qonunçilikda yaratib qöyganmiz. Qayerdadir ijro hokimiyatiga köproq vakolat berib qöyganmiz. Oddiy misol. Bitta idoraga işga kiriş uçun bitta öringa 10ta nomzod bölsa, böldi – korrupsiogen vaziyat bor, bundan kimdir foydalanib qolişga harakat qiladi. Buning oldini oliş uçun nima qiliş kerak? Şaffof mexanizmni yaratiş kerak. Bunaqa holatlar juda köp – maktab direktorligiga qöyişdan tortib, kiçik işçi örinlarigaça – talab bormi, demak, u joyda korrupsiogen vaziyat tuğiladi.

Agentlikning asosiy maqsadi mansabdor şaxslarda korrupsiyadan uzoqlaştiriş va korrupsiya imkoniyatlarini qiyinlaştiriş. Buning uçun biz ularga şaroit yaratmasligimiz kerak.

– Bizda davlat hokimiyati idoralaridagi eng katta illatlardan biri nepotizm, ya'ni qarindoş-uruğçilik. Bu holat hatto eng yuqori organlarda ham saqlanib qolyapti. Şu jihatdan muammolar yeçimini qanday körasiz va agentlik nepotizm bilan kelgusida qanday kuraşadi?

– Aslida davlat boşqaruvi organlarida nepotizmni yöq qiliş nisbatan osonroq. Lekin biz qarindoş-uruğçilikni yöqotiş qiyin deb aytişga örganib qolganmiz. Boşqaruv sohasida kadrlarni qöyişda aniq, şaffof mexanizmlar bölişi kerak. Bu yönalişda Davlat xizmatlarini rivojlantiriş agentligi işlayapti, biz ham işlaymiz. Birinçi örinda aniq mezonlar va talablar qöyilişi kerak. Öşa joyda haqiqatan loyiq kadrlar qöyilişi kerak.

Nepotizm illati bizda keng urçigan. Açinarli jihati, ösaman degan, malakali kadrlar buning natijasida sönib boradi. Baribir ilgari harakatlana olmayman, degan fikr paydo böladi. Xorijda öqigan köplab malakali tanişlarim bor. Lekin ular kelişga qörqişadi. Çunki mening tanişim yöq, qarindoşim yöq, degan fikr örnaşib qolgan.

Misol uçun, Yaponiyada biron işga kirsangiz, qanday işlasangiz, 10 yildan keyin özingizni qayerda körişingizni bilasiz. Aniq tartib-qoida bor. Mana şu tartib böyiça işlasa, mana şu mezonlarga javob bersa, 10 yildan keyin qayerda bölişini aniq biladi va şunga qarab intiladi. Asosiysi, u 10 yildan keyin yaxşi işlamagani uçun lavozimidan pasaytirilişi mumkin, lekin tajribasi borligining hisobiga ham oyligi hatto rahbarnikidan baland bölişi mumkin. Biz ham mana şunday tizimni yaratişimiz kerak.  Nepotizmni yöqotiş boşqa sohalarda – biznesda va boşqa yönalişlarda qiyin, lekin aynan davlat boşqaruvida mansabdor şaxslarni tayinlaşning qonuniy asoslarin takomillaştirgan, tizimni yaratgan holda buning oldini olsa böladi.

– Korrupsiyaga qarşi kuraşning eng yaxşi misollaridan biri sifatida Gruziya tajribasi körsatiladi. Bugun bizda ham korrupsiyaga qarşi kuraşda aynan Gruziyadagi kabi radikal islohotlarga zarurat bor.

Sizningça, xalq kutayotgan bu islohotlar amalga oşişi yangi agentlik misolida qançalik real orzular?

– Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça boşqa davlatlarning ham yaxşi tajribasi mavjud, lekin Gruziya bizga har tomonlama – geografik, tarixiy, mentalitet jihatdan yaqin. Lekin şunday mentalitet bölişiga qaramay ular bu sohada ança ilgarilab ketişdi. Ammo biz korrupsiyani qabul qiliş indeksida 180ta davlat orasida 158-örindamiz. Gruziyada esa 2007 yilda Saakaşvili davrida islohotlar boşlandi. Öşa paytda Gruziya bu indeksda 79-örinda bölgan. 2008 yilda ularda ham biznikiga öxşagan korrupsiyaga qarşi kengaş taşkil etilgan. Bugun ular mazkur indeksda 42-örinda – 37 poğonaga kötarilgan.

Kengaş yoki agentlik bölsa kötarilib ketamiz, degan ma'noda aytmoqçi emasman. Gruziyada radikal çoralar ham körilgan – javobgarlikni kuçaytiriş, u yoki bu sohani tölaligiça işdan böşatib, qaytadan tanlov asosida işga oliş masalasi, oylikni oşiriş masalasi ham bor. Ular işga olişda, davlat xizmatlarini körsatişda fuqarolar bilan davlat örtasida inson omilini yöqotişga harakat qilişgan. Boşqa davlatlar qatorida Gruziya tajribasini ham örganyapmiz.

Özim ham qaysidir nuqtalarda keskin, revolyutsion çoralarning körilişi tarafdoriman. Birinçidan, pora oliş va pora beriş jinoyatlari uçun javobgarlikni keskin köpaytiriş kerak. Qayd etiş kerakki, korrupsiyaning faqat pora oliş va pora beriş emas, boşqa yönalişlari ham bor. Masalan, davlat xaridlarini amalga oşirişda. Lekin ularning javobgarligi juda ham kam. Iqtisodiy jinoyatni amalga oşiradi, jarimasini tölasa, javobgarlikdan qutulib qolaveradi. Yoki 10 yilga qamaladi-da, amnistiya bilan 1-2 yilda çiqib ketadi. Korrupsion jinoyatlar böyiça jinoyatçilarga afv bermaslik, amnistiyaga tuşirmaslik masalasini qonunçilikka kiritiş masalasini ham körib çiqamiz.

Şunday çoralardan yana biri davlat xizmatçilarining daromadlarini deklaratsiya qiliş, manfaatlar töqnaşuvini deklaratsiyalaş sanaladi. Bu qonun loyihasi ustida işlanyapti. Yil yakunigaça bu qonun qabul qilinsa, keskin özgariş böladi.

Davlat xaridlarini nazorat qiliş va xalqaro yordamlar, qarzlar taqsimotini aniq nazorat qiliş mexanizmlarining örnatilişi ham keskin çoralardan biri böladi.

Intervyuni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.

Ilyos Safarov suhbatlaşdi,

Tasvirçi: Nuriddin Nursaidov.