Xakerlar Twitter tarmoğining içki tizimlariga kirib, AQŞ prezidentligiga nomzod Jo Bayden, TV yulduzi Kim Kardaşyan, sobiq prezident Barak Obama, milliarderlar Ilon Mask va Bill Geyts va hakozolarning sahifalariga kiriş imkoniga ega bölişgandi. Ular mazkur sahifalarda körsatilgan hisobga bitkoin ötkazgan kişiga yarim soat içida ikki baravar qilib qaytarilişiga doir xabar joylaşgandi. 

Ayni çoğda, ayrim OAV öz suriştiruvlari çoğida Twitter sahifalarini buziş ortida kimlar turganligini aniqlaşga muvaffaq bölgan. 

AQŞ va Buyuk Britaniyada istiqomat qilib keluvçi yoşlar ayni işni amalga oşirgan bölişi mumkin. Ular özaro Discord messenjerida muloqot qilişgan, ularning guruhini Kirk laqabli xaker boşqargan. U Twitter ijtimoiy tarmoğida işlaşini ta'kidlab, foydalanuvçilar sahifalariga kira olişini bildirgan, deb yozmoqda The New York Times. Naşr buzişda iştirok etgan xakerlarga tayangan holda ularning messenjerdagi yozişmalarining skrinşotlarini e'lon qilgan.

NYT gazetasining yozişiça, naşr uşbu xakerlik xurujining 4 nafar iştirokçisi bilan boğlanişga muvaffaq bölgan. Ular orasida lol va ever so anxious laqabli foydalanuvçilar ham bor. 

Şunday qilib, voqea iştirokçilariga köra, barça reja markazida Kirk turgan va aynan u maxsus hisob raqamga ötkazilgan bitkoinlarni hamyondan çiqarib olgan. Foydalanuvçi lol esa, Kirk özining Twitter kompaniyasida işlaşini ta'kidlagan yozişma suratini ham taqdim etgan. 

Ta'kidlanişiça, foydalanuvçi Kirk uşbu xurujga qadar xakerlar doirasida ma'lum bölmagan. Uning Discord messenjeridagi sahifasida 7 iyuldagina oçilgan. U bilan işlagan boşqa xakerlar ham uning kimligini aniqlay olmagan.