Internet saytlarida özini «Allohning elçisi» deb, turli safsatalarni töqiyotgan şaxsning gap-sözlari köpçilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari, mömin-musulmon aholining asosli noroziligiga sabab bölmoqda, deyiladi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita munosabatida.
«Özbekiston fuqarosi (u kim bölişidan qat'iy nazar) Konstitutsiya va qonunlarga rioya etişi, boşqalarning huquq va erkinliklari, şa'ni va qadr-qimmati, diniy mansubligini hurmat qilişga majburdir.
Yurtimiz hududida faoliyat yuritayotgan har bir din vakilining diniy manbalari, qadriyatlari, muqaddas tuyğulari, ular tomonidan e'zozlanadigan şaxslar hurmat qilinişi şart. Ularga nisbatan haqoratli söz işlatiş, yomon munosabatda böliş, obrösizlantiriş, soxta da'vo va tuhmat qilişga heç kimning haqqi yöq.
Ta'kidlaş joizki, Özbekiston aholisining 90 foizidan ortiği Islom diniga e'tiqod qiladi. Şu nuqtayi nazardan özini «Payğambar» deb e'lon qilgan şaxsning da'vosi keng jamoatçilik orasida salbiy ruhdagi, keskin bahs va munozaralarga sabab böldi, öz navbatida, musulmonlarga nisbatan noörin gap-sözlar paydo bölişiga ham zamin yaratdi.
Bu esa, odamlar örtasida turli noroziliklar, ixtiloflar keltirib çiqarişi voqe'likda ma'lumdir. Tarixda esa bu kabi harakatlar qanday ayançli yakun topgani köpçilikka ma'lum.
Din işlari böyiça qömita bugungi murakkab davrda odamlarni diniy e'tiqodlariga taalluqli bölgan bu kabi nojoiz holatni qoralaydi hamda ijtimoiy tarmoqlarda mazkur masala yuzasidan fikr-mulohaza bildiriş asnosida ehtiroslarga berilmasdan, donişmandlarça vazmin va oğir-bosiq bölib, bu kabi soxta payğambarlar har zamonda uçrab turişi nuqtayi nazaridan unga ortiqça e'tibor bermaslikni söraydi», deyilgan qömita munosabatida.
Videomurojaat qilgan şaxs yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB xodimlari suriştiruv işlarini olib borişgan.
Ma'lum bölişiça, 1962 yilda Samarqand tumanida tuğilgan X.U. Samarqand şahridagi mahallalarning birida istiqomat qiladi. 1980-1982 yillarda Afğoniston davlatida fuqarolik uruşida harbiy xizmatni ötagan, harbiy xizmat davomida boş qismidan jarohat olib, boş miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangan.
Hozirda X.U.ning psixologik holatini tekşiriş uçun Samarqand viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi körigidan ötkaziş çoralari körilmoqda, deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

















