Toşkent şahar hokimligi matbuot kotibi Furqat Mahmudxöjayev tez yordam xizmatining samarali işlaşi uçun körilayotgan çoralar haqida ma'lumot berdi.

Unga köra, soat 18:00dan 24:00ga qadar bölgan vaqti oraliğida tez yordam xizmatiga eng köp murojaatlar kelib tuşadi, şu bois bu vaqtda xizmat körsatiş uçun eng tajribali operatorlar tanlab olinmoqda.

«Yaxşi işlagan operatorlarni rağbatlantiriş tizimi yölga qöyilmoqda. Har bir qabul qilingan va sifatli qayta işlangan qönğiroq uçun 1500 söm, a'lo muomala uçun 500 söm qöşimça haq tölaş tizimi joriy etiladi.

Şuningdek, tez yordam brigadasi 15 daqiqadan köp bölmagan vaqtda yetib borişi çoralari köriladi. Yaxşi işlagan brigadalar uçun rağbatlantiriş tizimi qöllaniladi.

Bundan taşqari, joylardagi avtoparklarga qöşimça ravişda 25ta «Damas» rusumli tez yordam maşinasi yetkazib berildi», – deya Mahmudxöjayevning 18 iyul kuni AOKAda bölib ötgan brifingdagi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boşqarmasi tasarrufidagi tibbiyot muassasalaridagi 423ta böş iş örnini malakali mutaxassislar bilan zudlik bilan ta'minlaş çoralari körilmoqda.

«Toşkent şahridagi 42ta kasalxonaning 1 haftalik ehtiyoji uçun 70 mingta tibbiy niqob, 70 mingta tibbiy kombinezon, 150 mingta tibbiy qölqop, 3 mingta tibbiy közoynak, 5 mingta tibbiy boş kiyim, 200 ming baxilla yetkazib berildi.

Toşkent şahridagi tibbiyot oliy ta'lim muassasalari va markazlarining 284 nafar xodimi uy şaroitida davolanayotgan bemorlar holidan xabar oladi», – dedi Toşkent şahar hokimligi rasmiysi.