Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Farg‘onada vaziyat barqaror» - Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi pandemik holat bo‘yicha axborot berdi
Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev aholiga murojaat qilib, koronavirus infeksiyasini tarqalishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot berdi.
G‘aniyevning aytishicha, viloyatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib shifoxonada davolanayotganlar soni 21 nafar bo‘lib, ulardan 15 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 6 nafari So‘x tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda.
Bemorlardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, qolgan 17 nafarining holati qoniqarli.
Shu kungacha virus aniqlangan bemorlarning umumiy soni 184 nafar bo‘lib, sog‘ayganlar soni 171 nafar, o‘lim holati bitta.
Viloyat bo‘yicha 1138ta xonadondagi 1651 kishi karantin kuzatuviga olingan.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, Farg‘onada koronavirus infeksiyasi tahlillarini aniqlovchi 7ta davlat va 5ta xususiy shifoxonadagi laboratoriyalar ishlab turibdi.
«Yana bir muhim masala, viloyatimizda ayni paytda 2791ta joy bemorlarni qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘lib, 1 avgustga qadar tibbiyot muassasalari negizida yana 9600ta zaxira joy tayyorlab qo‘yiladi», – dedi Shuhrat G‘aniyev.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida 1224ta dorixona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, ulardan 229tasi ijtimoiy dorixonalar va 13tasi ko‘chma dorixonalardir. Koronavirusga qarshi ishlatiladigan 61 turdagi dori vositalari zaxira qilingan.
«Kuni kecha davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq, viloyatda 3 oylik zaxira fondini yaratish uchun «Dori-darmon» AJ, SSB va SeOMga 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi», – deya qayd etdi G‘aniyev.
Ta'kidlanishicha, viloyatda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining 4300 tonnadan ziyod uch oylik zaxirasi yaratilmoqda.
Hokim, pandemiya davrida aholining kam ta'minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatda shu kungacha 47 ming xonadonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam ko‘rsatilgani, hududda birinchi mart holatiga ijtimoiy nafaqa oluvchilar 41 400 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, tegishli qarorga muvofiq, yana qo‘shimcha 27 ming xonadon ijtimoiy nafaqa oluvchilar ro‘yxatiga qo‘shilganini aytib o‘tdi.
Qo‘shimcha qilinishicha, Farg‘ona viloyatida bir oylik nafaqalarning miqdori qariyb 23 milliard so‘mni tashkil etmoqda. «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga tushgan mablag‘lar hisobidan jami 59 mingta xonadonga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari yordami berilgan.
«Ayni paytda Farg‘ona viloyatida vaziyat barqaror. Viloyatda koronavirus tarqalishining oldini olish, karantin qoidalariga amal qilish bo‘yicha aholi o‘rtasida tibbiyot xodimlari, ziyolilar, keng jamoatchilik vakillari, olimlar va deputatlar tomonidan tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borilmoqda», – dedi Shuhrat G‘aniyev.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026