Koronavirus epidemiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumani hududida faoliyat yuritayotgan Prezident Xalq qabulxonasi, Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi, Içki işlar boşqarmasi, Milliy gvardiya va mudofaa bölimlari hamda tibbiyot birlaşmalaridan mutaxassis va xodimlardan iborat guruhlar tuzilib, joylarda kuçaytirilgan nazorat örnatildi. Uzluksiz ravişda belgilangan çora-tadbirlar amalga oşirib kelinyapti.

Xususan, kuni keça 50 dan ziyod şaxsiy tarkib hamda qator maxsus texnika jalb etilgan holda tuman böylab keng qamrovli dezinfeksiya işlari ötkazildi. Möynoq tumanining odamlar gavjum bölgan joylar – “Dexqon bozori”, 6 ta köp qavatli uylar, 5 ta köça, 50 dan ortiq davlat va nodavlat idoralari obektlari maxsus «MAN» va «ISUZU» purkagiçli avtomaşinalar yordamida dezinfeksiya qilindi.

Şu bilan bir qatorda, Prezident Xalq qabulxonasi hamda Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari aholiga karantin qoidalari haqida, ularga amal qiliş böyiça keng tuşuntiriş işlarini olib bordi.

Bu boradagi işlar davom etmoqda.