Xalqaro press klubning koronavirusga oid vaziyat tahliliga bağişlangan sessiyasida Boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari koronavirusga olingan test javoblarining keç çiqayotganiga izoh berdi.

«Koronavirusga tekşiriş uçun test olingaç, javob 5 kundan keyin çiqişi holatlari kuzatilmoqda. Buning ham sabablari bor. Test juda ham köp olinmoqda. PZR (polimer zanjir reaksiyasi) laboratoriyalari ham dam olib işlaşi kerak. Tekşiriş uçun uzluksiz ravişda test qöyilsa, u ham işdan çiqadi, ham javobda noaniqliklar böladi.

Toşkent şahrida hozirda 83ta, har bir viloyatda kamida 5ta PZR laboratoriyasi mavjud. Lekin sörov juda katta. Ilgari hududda test olinib, uning natijasi yana tekşiriş uçun respublika laboratoriyasiga yuborilgan bölsa, endi tumanlarning özida test javoblari çiqarilmoqda», deya Musayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.