Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Kun.uz sayti va «Milliy TV» telekanali hamkorlikda yangi «Tez yordam» körsatuvini taşkil etmoqda. Unda malakali mutaxassislar jonli efirda telefon orqali kelib tuşgan koronavirusga oid savollarga javob berib borişadi.

19 iyul kuni dasturning ilk sonida DeFactum Laboratories tibbiyot klinikasi immunolog-infeksionisti, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xöjayeva COVID-19’da tana harorati kötarilişi haqida söz yuritdi.

https://ok.ru/videoembed/1590496987839

«Tana haroratining kötarilişi – organizmning kasallikka universal reaksiyasidir. Soğlom tana ÖRVI, gripp, koronavirus kabi kasalliklarda öz kuraşuvini isitma orqali namoyon qiladi. Bu paytda organizmning immun tizimi virus bilan kuraşiş uçun interferon ajratib çiqaradi. Interferon esa virusni yöqotiş uçun harakat qiladi.

Isitma tuşirildimi, demak, virusning köpayişi uçun qulay muhit qilib berildi, çunki interferonning ajralib çiqişi susayadi.

Tana haroratining 38 darajagaça kötarilişi xavfsiz. Ammo 38 darajadan kötarila boşlasa, keyin paratsetamol yoki boşqa dori beriş mumkin.

Şuningdek, bemor turli sabablar bilan (surunkali kasalliklarning mavjudligi, organizmning öziga xosligi, yoş bolalar) isitmani oğir keçirsa, özini öta noxuş his qilsa, isitma tuşiruvçi dori beriş kerak böladi», – deydi mutaxassis.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra'no Qosimovaga köra, virus bilan kuraş jarayonida hammada ham isitma kuzatilmasligi mumkin.

«Harorat oşişi hamma bemorlarda ham bölmaydi. Turli gormonlar qabul qiliş, surunkali kasalliklar bölişi natijasida immunitet zaifroq bölişi va isitma namoyon bölmasligi mumkin.

Koronavirusda isitma kötarilişi örtaça hisobda 5-6 kun davom etib, şundan keyin 70-80 foiz bemor tuzalib ketmoqda. Ammo kasallik çuqurlaşgan, öpkaga ötgan bölsa, isitma uzoq davom etişi mumkin», – deya ta'kidladi Ra'no Qosimova.