Loyiha boşlovçisi, Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonov juda köp bemorlarga holatidan kelib çiqib, MRT, rentgen körigidan ötiş töğrisida buyurilayotgani, biroq bemorlarda isitma va boşqa alomatlar bölgani uçun ular tibbiyot muassasalariga kiritilmayotgani haqida savol bilan murojaat qildi.
Immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xöjayeva bunday qiliş boşidan notöğri bölganini aytdi.
https://ok.ru/videoembed/1591476488895
«Tibbiyot muassasalariga bemorlar tomoq oğriği yoki isitma bilan murojaat qilişi mumkin. Bemorning isitmasi bölsa, tibbiyot muassasasining taşqarisida tur, deyiş notöğri. Mana hozir şunça vaqt ötib, biz nimalar xato ekanini tuşunyapmiz.
Bemor özi xohlasa, oilaviy poliklinikasiga yoki xususiy klinikaga murojaat qilişi mumkin. Yoki xohlasa onlayn konsultatsiya olişi ham mumkin. Lekin onlayn konsultatsiya unçalik samarali deb öylamayman. Bemorning özini köriş yaxşiroq», dedi şifokor.
U faqatgina isitmaning özi bemor zararli ekanini bildirmasligi, biror simptomsiz kasallik taşiyotganlar ham köpligini aytib ötdi.
«Agar isitmali bemordan özini himoya qiliş maqsadida tibbiyot muassasalari uni içkariga kiritmasa ham, boşqa isitmasiz taşuvçilar bilan muloqot qiliş holatlari kuzatilaverişi mumkin. Bu mantiqqa töğri kelmaydi», deydi mutaxassis.

















