Kasallik köpaya borgan sari unga qarşi kuraşda qabul qilinuvçi dori vositalarini töğri tanlaş masalasi jiddiylaşmoqda. Tavsiya qilingan va köpçilik tomonidan iste'mol qilinayotgan dori vositalari böyiça immunolog-infeksionist Aziza Xöjayeva öz fikrlarini bildirdi.
«Avigan» – viruslarga qarşi preparat. Ta'siri juda yaxşi. Bu dori vositasi virus strukturasiga asosan yaratilgan. Faqat uni qanday paytda qabul qilişni biliş kerak. Masalan, virus endigina yuqib, organizmda köpaya boşlaganda, yoki köpayişi yuqori çöqqiga çiqqanda yaxşi foyda beradi.
Kasallikka qarşi antitanaçalar işlab çiqarilib, virus qoldiqlari qolgan paytda işlatiş befoyda böladi», – dedi şifokor «Tez yordam» televizion dasturidagi çiqişida.
Tibbiyot fanlari nomzodi «Plakvenil» dori vositasiga ham töxtalib ötdi.
«Plakvenil» – immunitetni sun'iy pasaytiradi. Şuning uçun koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uni içmasligi kerak. «Plakvenil» eng birinçi malyariya (bezgak)ga qarşi işlatilgan dori. Parazitlarga qarşi va immunitetni oşirmaslik, ya'ni immunitetni bosib turiş uçun işlab çiqarilgan. Özini kasallikdan himoya qilayotgan tana ayrim paytlarda himoyani oşirib yuboradi. Himoyaning oşib ketişi organizmni öldirib qöyişi ham mumkin. «Plakvenil» şunday holatda işlatiladi. «Plakvenil» koronavirusga qarşi kuraşda ilk bor Xitoy qöllanmasiga kiritilgan.
Dastlab, immunitetning kuçliligi bemorning öziga salbiy ta'sir qilmasligi uçun bu dori bemorlarga berila boşlandi. Ammo dorining salbiy ta'sirlari bor. Yurak xastaliklari bor bemor «Plakvenil»ga uçrab qolsa, dori uning yurak urişini töxtatib qöyişi ham mumkin.
Hozir heç qaysi davlatda «Plakvenil» dorisi işlatilmayapti. Faqat Hindistonda işlatilayotgani haqida ma'lumot bor. Özbekistonda ham koronavirusni davolaş protokollarining dastlabkisiga «Plakvenil» kiritilgan edi. Lekin hozirgi protokolda «Plakvenil» yöq.
Şunday bölsa-da, Özbekistonning ham ayrim joylarida «Plakvenil» bepul tarzda berilayotgani haqida xabarlar bor. Fuqarolardan bu dorini içişni töxtatişni söragan bölardim», – dedi immunolog-infeksionist Aziza Xöjayeva.
Avvalroq «Plakvenil» dori vositasi böyiça Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi, Toşkent vraçlar malakasini oşiriş instituti professori Feruza Hamroboyeva ham öz fikrlarini


















