Tibbiyot fanlari doktori bilan suhbatimiz so‘nggi paytlarda ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan dorilar ta'minoti va immunitetni oshirish masalalarida kechdi.
– Feruza Ibragimovna, dastlab COVID-19`ga chalinganlar bepul beriluvchi dorilarni qayerdan, qay tartibda olishlari haqida batafsil tushuntirish bersangiz.
– Bu dorilar jamlanmasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u mobil guruh yoki patronaj vaqtida biriktirilgan oilaviy poliklinikaning umumiy amaliyot shifokori tavsiyasi asosida beriladi. Mazkur dorilar koronavirus infeksiyasi yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanayotgan bemorlargagina taqdim etiladi.
Shakllantirilgan dori-darmonlar jamlanmasi alohida qutichaga joylashtiriladi va «COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari to‘plami» deb nomlanadi.
Dori to‘plami qutichasiga bepul tarqatilishi shartligi va albatta shifokor maslahati bilan ichish kerakligi haqida qaydlar yozilgan.
Ayni paytda 50 ming dona bunday to‘plab tayyorlab qo‘yildi va tarqatilish rejalashtirilmoqda. Dori-darmonlarni olish uchun hujjatlar talab qilinmaydi.
– Bepul beriluvchi dorilar ro‘yxati qaysi mezonlarga asosan tuzilgan va ular qayerdan xarid qilinyapti? Xaridlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning hissasi qanday?
– Dorilar ruyxatiga «Azitromitsin», «Paratsetamol» va S vitamini – yoki askorbinka kiradi. Bu ruyxat COVID-19 yo‘riqnomasiga asosan, mavjud vaziyat bo‘yicha tadqiqotlarga ko‘ra tuzilgan. Ular asosan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanmoqda va yetkazib berilmoqda.
Ayni paytda ichki bozordagi talab oshib borayotgani hisobga olinib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari eksporti to‘xtatib turilibdi.
– Plakvenil, gidroksixloroxin dori vositalarining koronavirusga qarshi samarasi isbotlanmagani, nojo‘ya ta'sirlari ko‘pligi bo‘yicha ko‘plab maqolalar e'lon qilindi. Ammo shunga qaramay bizda ulardan foydalanib kelinayotganini qanday izohlaysiz?
– Dori vositalari qayta ko‘rib chiqilishi, qator o‘rganishlar asosida dorilar jamlanmasidan plakvenil chiqarib tashlandi. Oldin qo‘llanilganining sababi – klinik izlanishlar natijasida 2020 yil fevral oyida fransuz olimlari mazkur ikki dorini koronavirusga qarshi samarali ekani haqida xabar berishgandi va mana shu tadqiqotga asosan nafaqat biz, balki dunyoning ko‘plab davlatlarida bu dori ishlatilgan.
Tadqiqotlar asosan ikki guruh preparatlari asosida olib borilmoqda:







