Universitetlar dastlab Yevropada 11 asrda oçila boşlagan. Biroq ilk universitetning vatani Yevropa emas. Tarixdagi birinçi universitet sifatida 970 yilda Misrning Qohira şahrida oçilgan Al-Azhar universiteti e'tirof etiladi.
Yevropa universitetlari monastr maktablaridan ajralib çiqqan va taraqqiy etişi juda uzoq muddat davom etgan, şuning uçun ham ularning ilk rivojlaniş davri qaçon ekanini aniq belgilab bölmaydi.
Köpçilik birinçi Yevropa universiteti sifatida Italiyadagi Boloniya universitetini biladi. Bu ta'lim muassasasi 10-asrning oxirida oçilgan, biroq ungaça ham huquq maktabi sifatida 890 yildan beri mavjud bölgan.
Universitetlar – professorlar uçun ideal maskanlar
11-asr davomida Parij universiteti taraqqiy etib, dovruq qozona boradi. Yevropaning eng qadimiy universitetlaridan biri bölgan bu maskan örta asrlarda juda maşhur bölgan. Bu dargoh professor va talabalarni huquq, ilohiyot, tibbiyot va falsafa ta'limining rivojlangani bilan jalb qilgan.

Keyinçalik Yevropada 12-13-asrlar mobaynida turli universitetlar oçila boşlanadi.
Birinçi universitetlar ajralib çiqqan maktablar professsorlar fikr almaşadigan, ular uçun möljallangan muassasalar bölgan. Bunday joylarda ideologiya, tibbiyot va huquq ta'limoti usullarini işlab çiqişgan. Darslar esa lotin tilida olib borilgan.
Britaniyaning Oksford va Kembrij universitetlari ham örta asrlarda vujudga kelgan. Angliyaning ikki maşhur universitetini tandemda Oksbrij deb ham ataşadi.

Kollejlarning ta'lim beruvçi kompleks sifatida taraqqiy etişi
Kollejlar nisbatan keyinroq şakllangan. Birinçi kollej sifatida Oksforddagi Merton kolleji e'tirof etiladi, u 1249 yilda talabalar yaşaş joyi sifatida taşkil etilgan.
Mertonda talabalar uçun öta qattiqqöl muhit taşkil etilgan va talabalarga öyin öynaş, kuylaş, qöşiq aytiş, hatto ov qiliş va baliq ovlaş ham taqiqlangan edi. Keyinçalik esa kollejlar ta'lim beruvçi kompleks sifatida taraqqiy etgan.


















