Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarqo‘rg‘on va Gulistonda sud xodimlariga nisbatan kuch ishlatilishi holati yuzasidan Oliy sud raisi o‘rinbosari izoh berdi
Jarqo‘rg‘on tumani va Guliston shahrida sud xodimlariga nisbatan kuch ishlatilishi holati yuzasidan hozirda Oliy sud o‘z xizmat tekshiruvini olib bormoqda. Bu haqda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning o‘tgan 6 oydagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov ma'lum qildi.
«Jarqo‘rg‘on tumani va Guliston shahrida sud xodimlariga nisbatan kuch ishlatilishi holati yuzasidan hozirda Oliy sud o‘z xizmat tekshiruvini olib bormoqda. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha esa albatta axborot beramiz», – dedi u shu mavzudagi savolga javoban.
Ikrom Muslimov bu borada Oliy sudning internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan fikrlar asosida qaror qabul qilishi xolislikka nisbatan noto‘g‘ri bo‘lib qolishini ta'kidladi.
«Shuning uchun biz hozir bu mavzuda izoh berishimiz noto‘g‘ri. Nima uchun? Chunki, ertaga o‘sha holatda kimningdir harakatida (u xoh sudya, xoh sudyani to‘xtatgan hokim) ma'muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat chiqib qoladigan bo‘lsa buni kim ko‘radi? Sud ko‘radi. Shu sababli biz hozircha xolis bo‘lib turamiz. Bu paytda har bir mas'ul idora va mansabdor shaxs o‘z vazifasini bajaradi. Surishtiruv organi surishtiruvini, tergov organi tergovini qiladi.
Sudyalar oliy kengashining va sud inspeksiyasi o‘tgach tekshiruv xulosalari haqida sizlarga axborot beramiz», dedi u.
Mavzuga oid
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026
Qarsaklar bilan yakunlangan sud: Yakkasaroydagi yashil hudud va futbol maydonchasi saqlab qolindi
14:58 / 12.05.2026