https://ok.ru/videoembed/1593034410687

«Saturatsiya bu – hujayralarning kislorod bilan töyinganlik darajasi. U öpka özidan ötayotgan qonni qançalik kislorod bilan ta'minlay olayotganini körsatadi.

Saturatsiyani pulsoksimetr nomli asbob bilan ölçaş mumkin. Bunda puls va organizmdagi kislorod miqdorini hisoblagan holda, hujayralarning kislorod bilan töyinganlik darajasini körsatib beradi. Nafas qisişi, hansiraş kuzatila boşlaganda pulsoksimetrdan foydalaniş maqsadga muvofiq. Asbob körsatgan foiz 100ga qançalik yaqin bölsa, şunçalik ijobiy natija hisoblanadi», deya mutaxassisning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Virusologiya instituti ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi Ra'no Qosimova bemorga tez yordam körsatişda saturatsiyaning ahamiyatini ta'kidlab ötdi.

«Fuqarolarga şoşilinç tibbiy yordam körsatadigan brigadalar ham pulsoksimetr bilan ta'minlansa, maqsadga muvofiq böladi. Çunki bu orqali bemorning saturatsiya darajasini tekşiriş mumkin. Agar saturatsiya darajasi 95 foizdan kam bölsa, uni şifoxonaga olib ketiş, 95dan yuqori bölsa, uy şaroitida davolanişga körsatma beriş mumkin», dedi u.