Prezident Şavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni arxitektura va quriliş sohasidagi islohotlar natijalariga oid taqdimot bilan tanişdi.

«Mamlakatda bunyodkorlik kölami yil sayin kengaymoqda. Uzoqni öylab, hududlarda urbanizatsiya jarayoni amalga oşirilyapti. Qişloq joylarda ham quriliş işlari jadal.

Bular, albatta, sohani takomillaştiriş, şaffoflikni ta'minlaş, ipoteka bozorini rivojlantirişni taqozo etadi. Oxirgi uç yilda şu masalalar böyiça Prezidentning qirqqa yaqin qarori qabul qilindi.

Bu sa'y-harakatlarning izçil davomi sifatida davlatimiz rahbarining 2020 yil 13 martdagi farmonida quriliş sohasidagi islohotlarni yanada çuqurlaştiriş, byurokratik tösiqlarni kamaytiriş, barça bosqiçlarda şaffoflikni ta'minlaş, innovatsion işlanmalar va ilğor axborot texnologiyalarini keng qöllaş çora-tadbirlari belgilangan edi.

Quriliş vazirligi oldiga 337ta şaharsozlik qoida va normalaridan joriy yilda 60tasini yangilaş vazifasi qöyilgan. Yil boşida vazirlikda Qurilişda texnik me'yorlaş markazi taşkil etilib, unga 15 nafar malakali mutaxassis olingan. Hozirda 33ta yangi şaharsozlik qoida va normalari işlab çiqilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda bu boradagi işlarni jadallaştiriş uçun ilğor tajribaga ega xorijiy kompaniyani jalb etiş böyiça körsatma berildi.

Prezident sohada korrupsiya va «xufiyona iqtisodiyot» holatlarini keskin tanqid qilib, quriliş tenderlarini ötkaziş va pudrat taşkilotlarini tanlaş jarayonlarini raqamlaştiriş zarurligini ta'kidladi.

Bugungi kunda mamlakatda 32 mingta pudrat taşkiloti bor. Joriy yil 1 sentyabrga qadar quriliş korxonalarining moliyaviy körsatkiçlari, tölov qobiliyati, davlat xaridlari, işçi-xodimlar malakasi kabi ma'lumotlarni qamrab oluvçi yagona platformani işga tuşiriş vazifasi qöyildi. Bu platforma 1 noyabrga qadar Toşkent şahrida, keyingi yil boşidan respublika böyiça joriy etiladi. Unga elektron mehnat daftarçasi tizimi ham integratsiya qilinadi.

«Tahlillarga köra, sönggi ikki yilda davlat dasturlari doirasida 3 mingdan ziyod qurilişdan atigi 182tasida tender ötkazilgan. Çunki tender jarayonlari murakkab va unda narx arzonligi birlamçi. Quriliş taşkilotining malakasi, sifat masalasi past örinlarda qolib ketgan.

Şu bois keyingi yildan boşlab, yangi axborot tizimiga kiritilgan va reytingi yuritiladigan quriliş-pudrat korxonalariga mablağ ajratilişi belgilandi.