Rossiyaning COVID-19’ga qarşi vaksinasi tayyor, deya ma'lum qildi mamlakat mudofaa vazirining birinçi örinbosari Ruslan Tsalikov. Bu noörin bayonot bölib, gap faqat klinik sinovlarning birinçi bosqiçi tugagani haqida ketmoqda, dedi Forbes’ga izoh bergan ekspertlar, buni Soğliqni saqlaş vazirligi ham tasdiqladi.

Foto: DMITRY ROGULIN/TASS

Nima röy berdi. Rossiyaning COVID-19’ga qarşi birinçi vaksinasi tayyor, deya xabar berdi mamlakat mudofaa vazirining birinçi örinbosari Ruslan Tsalikov. «Köngillilarga javob beriş paytida, koronavirusdan immunitet olgan ularning barçasi özini yaxşi his qildi. Şu tariqa, yangi koronavirus infeksiyasiga qarşi birinçi mahalliy vaksina tayyor», - dedi u «Argumenti i fakti» gazetasiga bergan intervyusida. Sinovlarda ikkita köngilli guruh qatnaşdi, birinçi guruhga 15 iyul kuni, ikkinçi guruhga 20 iyul kuni javob berildi. Tsalikovning sözlariga köra, sinovlar natijalari mutaxassislar va Milliy tadqiqot markazi (akademik Gamaleya) olimlari tomonidan yakuniy tarzda baholandi.

Nima uçun bu muhim. JSST ma'lumotlariga köra, dunyoda koronavirusga qarşi 141ta vaksina işlab çiqilmoqda, 16tasi klinik sinov bosqiçida. Taxminlarga qaraganda, vaksina - yangi koronavirus pandemiyasini töxtatişning eng işonçli usuli. Dunyo kompaniyalari vaqti-vaqti bilan öz vaksinalarining klinik sinovlari böyiça natijalarni e'lon qilyapti, uşbu xabarlar tufayli ularning aksiyalari, söngra butun bozor, xabarning mazmuniga qarab kötarilmoqda yoki tuşib ketmoqda.

Nimasi şubhali. «Hozirda N. F. Gamaleya nomidagi Mikrobiologiya va epidemiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan vaksina klinik sinovlarining II bosqiçi davom etmoqda va yakuniy bosqiçda turibdi, - dedi Forbes’ga mamlakat soğliqni saqlaş vazirining yordamçisi Aleksey Kuznetsov. - Yakunda uni davlat röyxatidan ötkaziş va tegişli guvohnoma beriş masalasi hal qilinadi». Şundan söng vaksina muomalaga kiritiladi, deya xabar berdi Kuznetsov Forbes’ga.