«Bugungi kunga qadar Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasidan 6,5 trillion sömga yaqin mablağ sarflandi. Sarf-xarajatlarning birinçi yönalişi koronavirus tarqalişining oldini oliş bilan boğliq. Bu yönalişda dori vositalari, tibbiy buyumlar va şifokorlarga tölab beriladigan moddiy rağbatlar, test tahlillari uçun pul ajratilgan», dedi Dilşod Sultonov press-klubda.
Vazir örinbosarining qayd etişiça, jamğarmadan infrastruktura tuzilmalari uçun, ya’ni içimlik suvi, irrigatsiya, melioratsiya, maktablar ta’miri va şifoxonalar qurilişi uçun ham mablağlar sarflangan.
Ta’kidlanişiça, aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora tadbirlari doirasida işsiz qolgan fuqarolarni vaqtinça işlarga jalb qiliş uçun 200 milliard, işsiz, kam ta’minlangan oilalarning şaxsiy tomorqasini rivojlantiriş uçun 50 milliard sarflangan.
Şuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini va biznesni qöllab quvvatlaş uçun 2 trillion söm ajratilgan. Eng köp zarar körgan «Özbekiston havo yöllari» AJ va karantin davrida iş faoliyati töxtagan Toşkent metropoliteni kabi kompaniyalarni qöllab-quvvatlaş uçun mablağlar ajratilgan.
«Inqirozga qarşi kuraş jamğarmasidan sarflanayotgan xarajatlar Moliya vazirligi saytida ham oçiq tarzda e’lon qilib borilmoqda», deya qöşimça qildi Dilşod Sultonov.
Moliya vazirligi 17 iyul kuni vazirlik huzuridagi jamğarma xarajatlari va daromadlari böyiça ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga köra, daromadlar 7,44 trillion söm, xarajatlar 6,4 trillion sömga teng bölgan.
Daromadlarning 7,32 trln sömlik qismini xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari taşkil etadi, 123,5 mlrd söm davlat budjeti hisobidan ajratilgan.

Xarajatlar
Koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça tadbirlarni moliyalaştirişga 907 mlrd söm:
- Şaxsiy himoya, dezinfeksiya va izolyatsiya vositalari, test (PZR) diagnostikumlari, dori va tibbiy texnika vositalarini xarid qilişga 375 mlrd söm;
- Koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlarni davolayotgan tibbiyot xodimlariga maxsus hamda qöşimça rağbatlantirişga, karantin tadbirlariga jalb qilingan xodimlarga kunlik 6 foizlik qöşimça tölovlar uçun 202 mlrd söm;






















