Toshkent viloyatida hovlining ichidan avtomashinani olib qochib, oynalarini sindirib tashlagan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti
2020 yilning 13 iyul kunidan 14 iyul kuniga o‘tar kechasi soat 01:30da 28 yoshli A.G. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Beshkent MFYda yashovchi 33 yoshli A.K.ning uyi hovlisiga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u hovlida turgan “VAZ 2106” rusumli avtomashinasini hech kimdan so‘ramasdan o‘t oldirib, ko‘chaga olib chiqib Ko‘ksaroy mahallasi tomonga harakatlanib ketayotganida, avtomashina texnik jihatdan nosoz bo‘lib buzilib qolganligi sababli yo‘l chetida qoldirib, avtomashinaning chap old eshigi hamda chap eshigidagi oynasini sindirib hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Quyi Chirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha A.G. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00 / 31.03.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi
Sport | 02:38
-
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Fan-texnika | 01:07
-
Atlantika okeanida 6,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
Jahon | 00:35
-
Amazon TikTokʼni sotib olishga ariza berdi
Jahon | 23:40 / 02.04.2025
Mavzuga oid

09:16 / 20.03.2025
O‘zbekiston Malayziya bilan jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy hamkorlik qiladi

10:10 / 05.03.2025
Soliq, bojxona, bank xodimlari, hokim o‘rinbosari va tadbirkorlardan iborat jinoiy guruh aniqlandi

13:45 / 04.03.2025
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining vakolatlari aniqlashtirilmoqda

11:22 / 27.02.2025