Kun.uz muxbirining fuqaro Rustam Kamalovning kvartirasi nima uçun Oliy sud egaligidan çiqarilmayotgani haqidagi savoliga Oliy sud raisining örinbosari Xolmömin Yodgorov javob berdi.

https://ok.ru/videoembed/1593973934783

«Oliy sud sudning hukmi bilan davlat egaligiga ötkazilgan va kimoşdi savdosiga çiqarilgan kvartirani savdoda qatnaşib, belgilangan tartibda sotib olgan. Biroq, keyinçalik sudning hukmi bekor qilinib, kvartiraning davlat egaligiga ötkazilişi ğayriqonuniy bölgan, deb topilgan. Bu jinoyat işi sudloviga tegişli jarayon bölgani sababli iş Rayosatda körib çiqilib, kvartira masalasi jinoyat işi tarkibidan çiqarilgan.

Örtada auksion oldi-sotdi şartnomasi bölgani bois, uni bekor qilmasdan turib, uyni Kamalovga qaytarib bölmaydi. Şuning uçun Kamalov fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan. Yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni undiriş böyiça yangi talablari ham kiritilgan. Bugungi kunda fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudi binosi karantinga olingani sababli işni körib çiqiş keçiktirilgan.

Bu işda heç qanday muammo bölmaydi. Uy (Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon – tahr.) böşatib qöyilgan, u yerda yaşab turgan Oliy sud sudyasiga boşqa uy topib köçirdik, uy böş turibdi», – dedi Xolmömin Yodgorov.

Rustam Kamalov

Eslatib ötamiz, Rustam Kamalovga otasidan meros bölib qolgan, Toşkent şahrining Yunusobod tumani 19-mavzesida joylaşgan 32-uydagi 48-xonadon tergov organining asossiz xatlovi va sudning noqonuniy hukmiga binoan, 2009 yilda davlat egaligiga ötkaziladi. 2011 yili auksion savdosiga qöyilgaç, uni Oliy sud mahkamasi 58,5 million sömga sotib olgan. Xozirga qadar bu kvartira Oliy sud xodimlari tomonidan xizmat uyi sifatida foydalanib kelingan.

Kun.uz saytida bu haqida maqola e'lon qilingandan söng Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi B.Matmuratov, Inson huquqlari böyiça Milliy markazi direktori A.Saidovlar bunga munosabat bildirib, R.Kamalovga nisbatan Oliy sud tomonidan adolatsizlik qilinganini e'tirof etgandi