Uning aytişiça, mas'uliyatsizlik va odob-axloq qoidalarini buzgani uçun sönggi bir oyda viloyatdagi tört nafar sudya – Olmaliq şahar sudi raisi, Bekobod va Yuqori Çirçiq tuman sudlari sudyalari hamda Toşkent viloyat ma'muriy sudi sudyasi öz lavozimidan çetlatilgan.
«Yaxşi sudyalar edi, bilimli edi, sudya bölib işlaşga layoqati bor edi. Lekin faoliyatida yöl qöygan kamçilik böyiça uni sudya qilib işlatib bölmaydi. Bu Kengaşning xulosasi, mening xulosam emas.
Boşqa kasb egalari faqat iş joyida ma'lum çeklovlar va tartib-qoidaga rioya qilişi kerak. Sudya esa köçani qöying, uyida ham nimalardir mumkin, nimalardir mumkinmas», deydi Xolmömin Yodgorov.
Kengaş raisi işdan böşatilgan bir sudya misolida yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni sözlab berdi.

«Bir sudyamizni maqtab, ikki marta menga olib kirişdi. “Maktabga öqituvçi qilib olaylik, bu juda zör” deb. Men hayron qolyapman, bu özi 3 yilgina işlagan bölsa, boşqa köp yil işlagan sudyalar bor, nima qilib zör bölib qoldi bu, deb.
Oradan heç qança vaqt ötmasdan, 4-5 kun içida ayoli kelib ötiribdi. “Ikki farzand bilan meni taşlab ketdi, na yordam beradi, na holing qanday deb söraydi. Bolalarim bilan kasal bölib qoldik. Nomiga sörab qöygani yöq. Sudya şunday bölişi mumkinmi?” deb menga savol berdi.
Soy böyida yarimyalanğoç bir qiz bilan rasmga tuşibdi. Youtube’da yuribdi öşa rasm-videolar.
Suriştirdik. Öşa keyingi yetaklab yurgani 4 marta turmuşga çiqib-ajraşgan ayol ekan. Şunga ikkita gulday voyaga yetib qolgan farzand bilan ayolini almaştiribdi.
Faoliyatini örgansak, umuman toqat qilib bölmaydigan. Keyin nima qildik – javobini berib yubordik boşqa joydan iş izla deb», deya kengaş raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.















