Sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar, xususan Telegram messenjeridagi köplab guruhlarda Özbekistonda COVID-19 kasalligi emas, ölat avj olayotgani haqida gap-sözlar tarqaldi. Özbekistonning boş infeksionisti Erkin Musaboyevning sözlariga köra, bu xabarlar butkul asossiz.
Musaboyevning aytişiça, mamlakatda ölatga çaliniş bilan boğliq sönggi holat 1996 yilda qayd etilgan bölib, şundan buyon biror marta kuzatilmagan.
https://ok.ru/videoembed/1595591101119
«Ölat (çuma) juda qörqinçli holat hisoblanadi. Bir neça asrlar avval kuzatilgan bu kasallik juda köp ölimlarga olib kelgan. Ölat – antroponoz kasallik, ya'ni uning tarqalişi uçun tabiiy öçoq kerak. Bu tabiiy öçoq çöl zonalarida bölişi mumkin. Uning tarqatuvçilari kemiruvçilar – kalamuş, burga kabilar böladi. Ular mikrob tarqatib, odamlarga ham yuqtiradi.
Özbekistonda kemiruvçilarni nazorat qiluvçi karantin stansiyalari mavjud. Kemiruvçilar köpayib ketgan taqdirda, ularni tekşirişadi va kamaytirişadi.
Özbekistonda odamlarda 1996 yilda ölat kuzatilgan, şundan beri ötgan 24 yil içida kuzatilgani yöq. Ölatning öçoği çöl zonasida. Koronavirus esa körib turganimizdek, şahar zonalarida – aholi konsentratsiyasi yuqori bölgan hududlarda keng tarqalmoqda», – dedi Soğliqni saqlaş vazirligi rasmiysi 22 iyul kuni «Tez yordam» dasturida.

















