https://ok.ru/videoembed/1595640908479
Ijtimoiy tarmoqlarda niqob taqib yuriş göyoki öpka qurişini keltirib çiqarişi haqida ma'lumot tarqaldi. Immunolog-infeksionist Aziza Xöjayevaning sözlariga köra, bu ma'lumot ilmiy asosga ega emas.
«Agar niqob öpka qurişiga olib kelganda, bironta soğ şifokor qolmagan bölardi. Çunki şifokorlar soatlab niqobda turib, bemorlarni operatsiya qilişadi.
Niqob taqqan holatda ham, niqobsiz bölgan holatda ham organizmdagi saturatsiya (kapillyar qon tomirlarning kislorod bilan töyinganlik darajasi) bir xil. Niqob gipoksiyaga – kislorod yetişmovçiligiga sabab bölmaydi.
Öpka qurişi (fibroz)ning sabablari mutlaqo boşqa. Autoimmmun kasalliklarda, yillar davomida çekuvçilarda fibroz kuzatilişi mumkin. Niqob taqiş natijasida öpka qurib, pnevmoniya kelib çiqişi mutlaqo yolğon. Pnevmoniya va öpka qurişining farqi katta. Pnevmoniyada öpka suyuqlikka şişadi, undagi mayda qon tomirlarning içki devori yalliğlanadi», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturining 22 iyul kungi sonida.

















