Jamiyat | 16:24 / 23.07.2020
4200
2 daqiqa o‘qiladi

«Rangsiz tushlar» filmi Italiyadagi kinofestivalda ishtirok etish uchun taklif oldi

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga binoat rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan «Rangsiz tushlar» filmi Italiyaning «Lucania» kinofestivalida ishtirok etish uchun taklif oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabarida ma'lum qilindi.

Foto: O‘zbekkino

18 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan «Lucania Film Festival» butun dunyodan rejissyorlarning mualliflik filmlarini namoyish etadigan nufuzli xalqaro kinofestival hisoblanadi. 

Festivalning bu yilgi mavsumi 7-9 avgust kunlari Italiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Kinoasarda jamiyatda jazo muddatini o‘tab kelgan shaxslarga nisbatan noo‘rin munosabat shakllanishi, «odamlar nima deydi» kabi qarashlar ortidan paydo bo‘ladigan chuqur ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. 

Filmda bosh qahramon rolini Feruza Saidova ijro etgan. Shuningdek, kinoasarda Karim Mirhodiyev, Shohida Ismoilova, Bekzod Abdumuhitov va Anvar Nazarov kabi aktyorlar ham suratga tushishgan. 

Filmning ssenariy muallifi Umid Hamdamov hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Ayub Shahobiddinovning «Rangsiz tushlar» dramasi «Qozon musulmon kinofilmlari» xalqaro festivali va Yerevanning «Fresco» ma'naviy-axloqiy filmlar xalqaro kinofestivallaridan ham taklif olgan edi.

Илёс Сафаров
Tayyorlagan Илёс Сафаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid