Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida xalq vakillari sohani huquqiy jihatdan tartibga solişga qaratilgan — “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasini ikkinçi öqişda atrofliça muhokama qildilar.

Ta'kidlanganidek, amaldagi qonunda xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga işga joylaştiriş sohasida körsatilgan axborot va maslahat xizmatlari uçun tölanadigan haq miqdorining aniq çegarasi belgilanmaganligi ular tomonidan uşbu tyrdagi xizmatlarni körsatiş böyiça turli miqdordagi summalarning belgilanişiga sabab bölmoqda. 

Şuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnomalarni röyxatga oliş va ularning bajarilişini nazopat qiliş hamda monitoringini amalga oşirişning şaffof mexanizmi mavjud emas. Mazkur omillar ularning faoliyati töğrisida aniq va haqqoniy ma'lumotlar oliş va tahlil qilişga salbiy ta'sir körsatmoqda.

Deputatlarning qayd etişiça, qonun loyihasida xususiy bandlik agentliklari tomonidan körsatiladigan axborot va maslahat xizmatlari uçun olinadigan haq miqdori aniq qilib belgilanmoqda. Faoliyatning şaffofligini ta'minlaş maqsadida xizmatlar körsatiş töğrisidagi şartnomalarni real vaqt rejimida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “labor-migration” dasturiy majmuasida röyxatdan ötkaziş lozimligi körsatib ötilmoqda.

Mamlakatdan taşqarida iş qidirayotgan şaxslarga zarur paytda vakolatli organlar bilan boğlanişga doir axborot-ma'lumotlar almaşiş tizimini yölga qöyiş masalasi ham qonun loyihasida öz aksini topmoqda. Loyihada Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligiga xususiy bandlik agentliklari faoliyatini ularning moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşmagan holda tekşiriş vakolati berilmoqda.

Deputatlarning fikriça, kiritilayotgan özgartişlar iş qidirayotgan şaxslar va ularning taqdiri haqidagi ma'lumotlarning reallaşişiga, aldanişlarning kamayişiga xizmat qiladi. Şuningdek, xususiy bandlik agentliklari faoliyatining şaffofligi ham ta'minlanadi.