Xabarovsk ölkasining vaqtinçalik gubernatori Mixail Degtyaryov «deraza ostida qiçqirayotgan» namoyişçilar oldiga çiqmasligini aytdi. U bu haqda Bi-bi-si muxbiriga aytgan.
«Çiqmayman! Odamlar oldiga doim çiqayotganimni aytdim. Odamlar bilan muloqot qilaman – faqat töğri şaklda. Şifokorlar bilan, mijozlar bilan, siz bilan, masalan... Lekin mana bunday örtoqlarning talabi bilan... Bu nimasi? Bu na menga, na aksariyat rossiyaliklar ovoz bergan prezidentga hurmatsizlik. Na öziga», — dedi Degtyaryov.
Degtyaryov ölka hukumati oldida yiğilayotgan barçani «bor kuçlarini yaxşilikka sarflaş» va «yolğiz insonlarga oziq-ovqatlar yetkazib beriş»ga çaqirdi.
«Deraza ostida qiçqirişlar yetar! Keling, birga işlaylik, keyin köramiz. Bizda 22 mlrd rubllik çala qurilişlar bor. Rahbarning deraza ostida qiçqirayotganlar bilan gaplaşişdan boşqa işlari bor», — deb ta'kidladi u.
Degtyaryov Sergey Furgalning örniga Xabarovsk ölkasi gubernatorligini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlangandi. Furgal 10 iyulda qotillikka aloqadorlikda ayblanib hibsga olingandi. Furgal hibsga olinganidan buyon Xabarovskda namoyişlar bölib ötmoqda.

















