
Tadbirda bugungi kunda mamlakatda pandemiyaga qarşi qanday kuraş olib borilayotganiga alohida töxtalib ötilgan.
Xususan, hozirda koronavirus yuqtirganlar soni 18 ming 700 nafardan oşgani, vaziyat hamon jiddiy bölib qolayotgani ta'kidlangan.
Şavkat Mirziyoyev hozirgaça amalga oşirilgan işlar haqida söz yuritar ekan, oxirgi kunlarda koronavirusni davolaş uçun qöşimça 46,5 mingta örin ajratilgani, yana 31 mingta örin taşkil etilişi, 397ta tez tibbiy yordam maşinasi xarid qilingani, bir oy muddatda yana 409ta maşina joylarga yetkazilişini ta'kidlab ötgan.
«Ahvoli oğir bemorlar soni köpayib bormoqda. Koronavirusga qöşimça ravişda pnevmoniya holatlari ham keng tarqalmoqda. Şu sababli, oxirgi 10 kunda 4ta selektor ötkazib, hokimlar, vazirlar va boşqa mutasaddi rahbarlarga qöşimça davolaş örinlarini taşkil etiş, simptomsiz kasallarni uyda tizimli davolaş, ularni zarur dori-darmon va oziq-ovqat bilan ta'minlaş, tez tibbiy yordam tizimi işini yaxşilaş böyiça tegişli topşiriqlar bergan edim. Bugun hisobotlarni eşitamiz», degan davlat rahbari.
Prezident bugungi kunda eng muhim vazifa aholi örtasida virus zanjirini uziş hisoblanişi, buning uçun karantin talablariga sözsiz amal qiliş, ularning immunitetini mustahkamlaş, soğligini asrab-avaylaş, har bir insonning hayoti uçun kuraşiş zarurligini qayd etgan.
«Şu munosabat bilan, şuningdek, kasallik yuqtirilişining oldini oliş, ölim holatlarini keskin kamaytiriş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin çeklovlarini uzaytiriş taklifiga rozilik bildirildi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Bunda «Pandemiyaga qarşi kuraş – har birimizning vijdon işimiz», «Özim, oilam, farzandlarim soğliği uçun avvalo özim javobgarman», degan fikrlarni xalqimiz ongiga çuqur singdiriş va amaliy hayot mezoniga aylantiriş lozimligi ta'kidlandi.
Bugun pandemiyani jilovlaşda hokimliklar, sektorlar, soğliqni saqlaş, içki işlar idoralari rahbarlari va xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar zimmasida juda katta mas'uliyat turgani, çunki aholining aksariyati, keksalar, bolalar, xotin-qizlar uyda ötirişga majburligi, ularning birinçi galdagi hayotiy ehtiyojlarini ta'minlaş, tegişli tibbiy va boşqa yordam körsatiş aynan ana şu taşkilotlarga va faollarimizga boğliqligi qayd etilgan.












