Xalq ta'limi vazirligi Maktabgaça ta'lim vazirligi hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda nodavlat ta'lim taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan prezidentning “Koronavirus pandemiyasi davrida nodavlat ta'lim taşkilotlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi qarori loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokama uçun e'lon qilindi.
Xalq ta'limi vazirligi xabariga köra, qaror loyihasi vazirliklarning nodavlat ta'lim taşkilotlarini qöllab-quvvatlaş çoralari böyiça takliflarini öz içiga olgan bölib, muhokama hamda kelişuv davomida özgartirişlar kiritilişi mumkin.
Qaror loyihasida nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş faoliyati bilan şuğullanayotgan yuridik şaxslarni koronavirus pandemiyasi davomida joriy etilgan karantin çoralari sababli ularni moliyaviy qöllab-quvvatlaş hamda ularning faoliyati töxtab qolmasligini ta'minlaş, nodavlat ta'lim taşkilotlari faoliyatini qöllab-quvvatlaşga, moliyaviy holatini yaxşilaşga hamda xodimlarning oylik maoşlarini bazaviy miqdorda ta'minlaş közda tutilgan.
Şu bilan birga, 2020 yilning 1 iyulidan nodavlat ta'lim taşkilotlarining faoliyati qayta tiklanişi ta'minlanguniga qadar ularning xodimlariga oylik maoşlarini tölab boriş maqsadida Davlat budjetidan subsidiya ajratiş tartibi va ajratiladigan mablağlar miqdori belgilangan.
Qaror loyihasi Özbekistonga koronavirusning kirib kelişi va tarqalişini oldini oliş yuzasidan çora-tadbirlar dasturini tayyorlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining yiğiliş bayonida keltirilgan topşiriqlar hamda nodavlat ta'lim taşkilotlari, jumladan, xalq ta'limi vaziri va nodavlat umumta'lim maktablari rahbarlari örtasida joriy yilning 10 iyul kuni bölib ötgan videokonferensiyada bildirilgan fikr va mulohazalar asosida işlab çiqildi, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanişiça, qaror loyihasining qabul qilinişi nodavlat ta'lim taşkilotlari faoliyati tugatilişini oldini oliş, ularda faoliyat körsatayotgan xodimlarni bazaviy oylik maoşlari bilan ta'minlanişi, nodavlat ta'lim taşkilotlari koronavirus pandemiyasi tufayli duç kelgan oğir moliyaviy holatni yengillaştirişga kömaklaşadi.
















