Qömita xabariga köra, murojaatlarni örganiş jarayonida lavozimini suiiste'mol qilib, vazifasiga mas'uliyatsizlik bilan yondaşayotgan, bu sohada xalqqa xizmat qiliş emas, balki boşqa maqsadda yurgan rahbar va xodimlar yaqqol bilinib qolmoqda.
Farğona viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 11 nafar, Jizzax viloyatida 1 nafar hamda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazining 1 nafar, jami 18 nafar rahbar va xodimlar işida köplab kamçiliklarga yöl qöyganligi uçun lavozimidan ozod etildi.
“Ular orasida kuni keça Farğonada bino va inşootlarga kadastr hujjatlarini tayyorlab beriş evaziga 400 AQŞ dollari talab qilgan Toşloq tuman yer resurslari va davlat kadastri bölimi mutaxassisi, Özbek davlat yer tuziş-ilmiy loyihalaş instituti “Özdaverloyiha” Farğona filiali muhandisi ham bor”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, oxirgi 15 kun içida «Davergeodezkadastr» qömitasi tizimidagi 34 nafar rahbar va xodimlar lavozimidan ozod etildi.
«Hurmatli fuqarolarimiz hamda tadbirkorlarimiz! Agarda Siz bizning xizmatlarimizdan foydalanişda muammo yoki korrupsion holatlarga duç kelsangiz, bizga (telegram bot @ygkuzbot, elektron poçta [email protected]) xabar bering!» - deya yakunlangan ma'lumot.
















