«Yurtimizda koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlarni davolaş jarayonini taşkil qilişda yetakçi mamlakatlarning tajribasini örganişga katta e'tibor qaratilmoqda.
Jumladan, Prezidentimiz topşiriğiga asosan yurtimizdagi Covid-19’ga qarşi kuraş markaziy ştabiga koronavirus infeksiyasi tarqalişi oldini oliş böyiça konsultantlari sifatida turk mutaxassislari taşrif buyurdi», deyiladi vazirlik xabarida.
Özbekistonga kelgan guruh orasida Turkiya Soğliqni saqlaş vazirligi ilmiy kengaşi a'zosi, yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassis, professor Rajab Özturk, Xasettepe universiteti ilmiy kengaşi a'zosi, jamoatçilik salomatligi böyiça mutaxassis, professor Leven Oqin va Anqara şahar şifoxonasining yuqumli kasalliklar böyiça mutaxassisi, professor Xatitse Rahmet Guner bor.
Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov konsultantlarni qabul qildi va mamlakatda Covid-19’ga qarşi olib borilayotgan çoralar haqida batafsil gapirib berdi.
Uçraşuv iştirokçilari yangi koronavirus infeksiyasini profilaktikasi va davolaşning amaliy jihatlari, uşbu sohadagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilişgan. Tadbirda soğliqni saqlaş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning tafsilotlari ham muhokama qilingan.
Turkiya mutaxassislari bilan soğliqni saqlaş sohasida keng hamkorlik yölga qöyilgani ta'kidlangan. Bunda ta'lim sohasidan tortib, ixtisoslaşgan tibbiyot muassasalari örtasidagi tajriba almaşuv, murakkab jarrohlik amaliyotlarini birgalikda ötkaziş, tibbiy jihozlar bilan ta'minlaşgaça yönalişlar qamrab olingan.
Tomonlar turli yoşdagi bemorlarda Covid-19 kasalligi, yangi turdagi koronavirus infeksiyasining xarakterli belgilari, uşbu kasallikning öziga xos belgilari, diagnostika usullari, davolaş protokollari, soğaygan bemorlarni kuzatiş va boşqa mavzularni muhokama qilişgan. Reanimatsiya bölimlarida öta oğir bemorlarni davolaşning sönggi usullariga alohida e'tibor qaratilayotgani aytilgan.
«Covid-19 global muammosining inqirozli körinişlarini oldini oliş va bartaraf etiş, şuningdek, oldingi saflarda xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rağbatlantiriş hamda kasalligi gumonlanganlarni karantinga oliş va bemorlarni davolaş tadbirlari butunlay davlat tomonidan qoplanişi böyiça Özbekiston rahbariyati tomonidan körilayotgan çora-tadbirlar töğrisidagi ma'lumotlar Turkiya vakillarida katta qiziqiş uyğotdi.
Taşrif davomida turk mutaxassislari tibbiyot muassasalari, jumladan birlamçi tibbiyot muassasalari va Toşkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilgan köp tarmoqli maxsus şifoxona iş faoliyati, kasallangan bemorlarni davolaş bayonlari, yurtimizda koronavirus infeksiyasining tarqalişi bilan boğliq bölgan epidemiologik vaziyatni batafsil örganib çiqadilar, ilmiy-amaliy tadbirlarda iştirok etadilar hamda yurtimizning turli hududlarida davolanayotgan ahvoli öta oğir bemorlarning holatini yaxşilaş maqsadida onlayn videokonferensiyalar ötkazadilar.
















