Immunolog-infeksionist Aziza Xöjayevaning fikriça, hozirgi vaziyatda öta qat'iy karantin örnatiş emas, bemorlarning davolanişi uçun şaroit yaratib beriş maqsadga muvofiq.

https://ok.ru/videoembed/1599504714431

«Hozirgi şaroitda karantin bölişi kerak. Lekin nihoyatda kuçli karantin qiliş kerak emas. Çunki karantinning asosiy ma'nosi yöqotilgan. Boşida karantin kasallikni töxtatiş uçun qöllanildi. Endi esa kasallik aholi orasiga tarqab ketib böldi. Har kuni eşitib kelyapmiz, köplab oilalarda bir kişi emas, oilaning barça a'zolari koronavirusga çalinib, tuzalib ketyapti.

Hozirga kelib, kasallik tarqalişini töxtatib bölmaydi. Yaxşisi bemorlar uçun şaroit yaratiş kerak. Hozir aprel oyida bölganidek kuçli karantin heç ham kerak emas, bu bizga xalal beradi. Çunki odamlar özi uçun yordam ola bilmay qolişi mumkin – ular kasallansa, qon topşirişi, şifokorga borişi, tekşiruvlardan ötişi kerak. Agar poliklinikadan tibbiyot xodimlari maxsus formada uyma-uy yura olsa mayli, lekin hozir bu ularga oğir, poliklinika xizmati buni kötara olmaydi. Şuning uçun bemorlar özlari uçun yengilroq yölni tanlaşi kerak.

Aholi orasida kasallik kam bölsa, karantin örinli bölardi. Lekin hozir bemorlarning soni köpayib ketdi», – dedi mutaxassis «Tez yordam» dasturining 24 iyul kungi sonida.

Virusolog Dildora Seklerga köra, hozir bemorlarni tibbiy saralab olişga diqqat qaratiş lozim.

«Kuçli karantindan maqsad nima edi? Birinçidan, avvaliga kasallik soni köp emas, şuning uçun töxtatib turiş kerak edi. Ikkinçidan, davolaş uçun joy tayyorlab olişga zarurat bor edi.

Hozir bemorlarni tibbiy saralab olişga diqqat qaratiş kerak. Misol, «Özekspomarkaz»da hammani qabul qilib, saralaydigan tizim işga tuşyapti. Bemorni qabul qilişadi, agar unda kasallik yengil yoki örta oğirlikda bölsa, kerakli körsatmalarni berib, uyga yuboradi. Ahvoli oğirroq bölsa, şifoxonaga yönaltiradi», dedi u.