Sergeli tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabi hududida 250 öringa möljallangan tez yordam şifoxonasini bitkaziş işlari yakuniga yetkazilmoqda. Bu haqda tuman hokimiyati axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, uşbu tadbir Sergeli tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolarni koronavirus infeksiyasidan himoya qiliş, kasallikni barvaqt oldini oliş, davolaş jarayonlarini amalga oşiriş maqsadida amalga oşirilmoqda.
Sergeli tumani hokimi Baxtiyor Şomurodov va tuman rahbarlari öz vaqtida amalga oşirilmagan çora-tadbirlar natijasida ölim holatlari yuz bergani uçun aholidan telemurojaat orqali uzr söragandi.
Murojaatda hokim tumandagi 13-oilaviy poliklinikada Covid-19 markazi tayyorlanganini e'lon qilgan. Oilaviy poliklinikalar huzurida taşkil etilgan quyidagi işonç telefoni raqamlariga koronavirus böyiça murojaat qiliş mumkinligi ma'lum qilingandi:
(97) 410-56-57, (97) 784-57-58, (99) 030-07-37, (97) 742-57-58, (99) 898-18-08, (97) 729-57-58, (97) 146-57-58, (97) 264-57-58, (97) 783-57-58, (97) 143-57-58
19 iyul kuni Toşkent şahrining uç hududida – Özbekiston davlat jahon tillari universiteti yotoqxonasida, Çilonzor tumanidagi xususiy klinikada va «Özekspomarkaz»da koronavirusga gumon qilingan fuqarolarni qabul qiliş maskanlari taşkil etilgandi. Bu maskanlar koronavirusga çalinganlikda gumon qilinayotganlarni vaqtinça saqlab turiş, kasallik tasdiqlangan taqdirda davolaş uçun tibbiyot muassasasiga yönaltirişga möljallangan.

















