Turkiyada jinoiy iş bilan şuğullanayotgan prokurorga bosim ötkazilişi mumkin emas. Har bir iş qonun doirasida olib boriladi. Turkiyalik advokat Anna Özel Kun.uz muxbiriga intervyusi davomida şunday fikrlarni bildirdi.

Özbekistonlik Nodira Qodirova işi yuzasidan Turkiya matbuotida turli xabarlar paydo bölmoqda. Kun.uz muxbiri uşbu jinoiy iş bilan boğliq suriştiruv-tergov jarayoni qanday borayotgani bilan tanişiş maqsadida Turkiya Respublikasida bölib, Anqara şahri boş prokurori Yuksel Kojaman va mazkur iş bilan birinçilardan bölib tanişgan advokat Anna Özel bilan uçraşdi.

«Men 4 yildan buyon Turkiyada advokatlik faoliyati bilan şuğullanaman. Yuridik fanlari magistriman. Nodira Qodirova işi bilan birinçilardan bölib tanişgan advokatlardan biri hisoblanaman», - deydi Anna Özel.

U mazkur iş haqida Özbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elçixonasidan xabar topgan. Uning aytişiça, mazkur jinoiy iş bilan şuğullanayotgan prokuror jinoiy iş doirasida öz joniga suiqasd, özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş yoxud qasddan qotillik böyiça ehtimollarni körib çiqayotganini bildirgan.

Anna Özel

«Men uşbu iş haqida Özbekistonning Anqaradagi elçixonasidan xabar topdim. Elçixona bu işni maxsus nazoratiga olgan. Iş bilan tanişiş asnosida prokurorning menga tuşuntirişiça, turli taxminlar böyiça iş olib borilmoqda. Bular öz joniga suiqasd, özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş yoxud qasddan qotillik. Prokuratura işni Turkiya qonunçiligi doirasida olib bormoqda. Tergov işlari olib borilmoqda», - dedi advokat.

U, şuningdek, turli naşrlarda paydo bölayotgan xabarlar, jumladan, Nodira Qodirova murdasi ekspertiza qilinmaganiga oid xabarlarga izoh berdi.

«Men iş bilan şaxsan tanişdim. Men körganimda jinoiy iş töplami 200 sahifalar atrofida edi. Prokuror yaxşi işlamoqda. Ekspertiza ötkaziş uçun marhum jasadidan namunalar olingan va sud-tibbiy ekspertizaga topşirilgan. Tahlil natijalari tayyorlanadi», - deya ta'kidladi Özel.