Boş prokuratura Sardobadagi suv toşqini oqibatlari tekşiruv işlari yuzasidan qöşimça ma'lumot berdi. Ma'lum qilinişiça, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 207 va 258-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ekspertiza xulosasiga köra, suv ombori töğonining öpirilişiga quyidagi omillar sabab bölgan:
- Loyiha hujjatlaridagi xato va kamçiliklar;
- Qurilişdagi xato va kamçiliklar;
- Ekspluatatsiyadagi xato va kamçiliklar.
Hozirgi vaqtda yöl qöyilgan qonun buzilişi holatlariga daxldor 9 nafar şaxs, jumladan buyurtmaçi «Sirdaryo suv quriliş invest» DUK, loyihaçi «UzGip» MÇJ, boş pudratçi – «Öztemiryölqurilişmontaj» UK, pudratçi taşkilot «Rezaksoy suv quriliş» UK, «Töpalang Şerobod» ŞK, Suv xöjaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdor şaxslarining bir guruhiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli (167, 205, 207, 209, 258) moddalari bilan jinoiy iş qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.
«Avval xabar qilinganidek, joriy yil 1 may kuni yuz bergan Sardoba suv ombori töğoni öpirilişi va buning oqibatida katta hajmdagi yer maydonlarini suv bosişi böyiça Jinoyat kodeksining 207 va 258-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aniqlanişiça, suv ombori 2010-2017 yillarda qurilgan bölib, loyihaga buyurtmaçi sifatida «Sirdaryo suv quriliş invest» DUK (Suv xöjaligi vazirligi), boş loyihaçi - «UzGip» MÇJ, boş pudratçi – «Öztemiryölqurilişmontaj» UK («Özbekiston temir yöllari» AJ) tanlangan. Suv ombori qurilişiga davlat budjetidan 1,2 trln.söm sarflangan.
Suv omboridan foydalaniş «Özbekiston temir yöllari» AJga qaraşli «Sardoba suv ombori obektlaridan foydalaniş va rivojlantiriş direksiyasi» tomonidan amalga oşirilgan.
Dastlabki tergovning har tomonlama, töliq va xolisona olib borilişini ta'minlaş maqsadida quyidagi asosiy taxminlar tekşirildi. Loyihalaşdagi xatoliklar, quriliş jarayonida me'yorlarga rioya qilmaslik, ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar, tabiiy ofat.
Mazkur 4ta taxmin tegişli ekspertiza muassasasi ekspertlaridan va gidrotexnik inşootlarni loyihalaş, quriş, ekspluatatsiya qiliş, quriliş ekspertizasi, tuproq va suvning xossalari va boşqa bir qator masalaga daxldor sohalarga mansub 30 nafar mutaxassisdan iborat Komissiya yordamida tekşirildi.














