25 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga ko‘p yillardan buyon raislik qilib kelayotgan Musa Tajyetdinovich Yerniyazovning o‘limi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Tez orada bu xabarlarning dastlabki manbasi sifatida ko‘rsatilgan repost.uz sayti ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida sayt xakerlar hujumiga uchraganini ma'lum qildi va raisning 20 iyul kuni vafot etgani haqidagi bu xabar rad etildi.

Shundan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istondagi mahalliy saytlar xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tungi soat 01:00lar atrofida olib ketilgani aytildi.

Ma'lum qilinishicha, Makan.uz (Lalagul Kallixanova), KRuz.uz (Iskander Yusupov) va Kar24.uz (Kumar Begniyazova) vakillarining telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan, bu xodimlar tungi soat 3:00 atrofida uylariga qaytishgan.

Qoraqalpog‘iston prokuraturasi M.Yerniyazov shaxsiga taalluqli noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqatilishi holati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma'lum qilib, profilaktik suhbat o‘tkazilganini bildirgan. Suhbatlardan maqsad «bunday uydirma xabarlar kim tomonidan tarqatilganini aniqlash» bo‘lgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Dilshod Saidjonovning bildirishicha, agentlik o‘z vakolati doirasida ushbu vaziyatni o‘rganib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi