«Davlat rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yiğilişda bu masalaga töxtalib ötmoqda. Jumladan, 15 iyul kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida Toşkent şahri va Toşkent viloyatidagi epidemiologik vaziyatni jilovlaşdagi işlar jiddiy tanqid qilinib, kasallarni öz vaqtida va töğri davolaş uçun şaroit yaratiş böyiça topşiriqlar berilgan edi.
Xususan, poytaxtimizda qisqa vaqtda keng kölamli taşkiliy işlar amalga oşirilildi. Yunusobod tumanidagi «Özekspomarkaz» pavilonida, gimnastika saroyida, «Yoşlik» sport majmuasi va boşqa binolarda koronavirusga gumon qilinganlarga taşxis qöyiş, zaruratga köra davolaş uçun şaroit yaratilmoqda. Ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta'minlanmoqda.
Kasallikka çalinganlar va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat çekayotganlarga amaliy yordam tariqasida 10ta maxsus poliklinika taşkil etildi. Ularning faoliyati tunu kun yölga qöyilgan bölib, fuqarolar bu yerga murojaat qiliş orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatiga ega bölmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezentatsiya şaklidagi muhokamada Özbekiston Respublikasi Boş vaziri, markaziy muassasalar, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyiştalikni ta'minlaşga jalb etilgan boşqa taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Davlat rahbari pandemiya şaroitida soğliqni saqlaş milliy tizimini qöllab-quvvatlaş, jumladan, poytaxtdagi sport majmualari negizida taşkil etilayotgan taqsimlaş markazlari va yangi klinikalarni tibbiy xodimlar bilan ta'minlaş, koronavirus bilan xastalangan şaxslarni samarali davolaşga mamlakatimiz harbiylari, harbiy-tibbiy muassasalarning xizmatçilari va tibbiyot mutaxassislarini jalb qiliş muhimligiga alohida e'tibor qaratdi.

Jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, öz vaqtida haq tölaş, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta'minlaş zarurligi qayd etildi.
Muhokama yakunida mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga bu boradagi işlarni taşkil etiş böyiça aniq topşiriq va körsatmalar berildi.






















