Buxoroda fuqaro yuborgan fotosuratlari sabab tovlamachilik qurboni bo‘ldi
Holat Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Tergov departamenti
Buxoroda fuqaro 31 yoshli G.B. (ayol) o‘zining tanishi, 21 yoshli K.J. (ayol) Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zining yoqtirgan yigitiga yuborgan shaxsiy fotosuratlarini yuborganligini ko‘rganligini, ushbu fotosuratlarni uning ota-onasi va boshqalarga ko‘rsatib, sharmanda qilishini aytgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, u K.J. uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan shaxsiy ma'lumotlarini oshkor qilish bilan uni qo‘rqitib, 2020 yilning aprel oyidan 20 iyul kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida K.J.dan jami 3.700 AQSh dollari, umumiy bahosi 20.000.000 so‘m bo‘lgan 1 dona tillo zanjir, 3 dona ayollar tillo uzugi hamda 1 dona ayollar tillo ziragini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, joriy yilning 20 iyul kuni G.B. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, K.J.dan fotosuratlarini tarqatmaslik evaziga yana 1.000 AQSh dollari talab qilib, ushbu pullardan 200 AQSh dollarini G‘ijduvon tumani Abadi qishlog‘ida olayotgan vaqtda G‘ijduvon tuman IIO FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Yozda top-klublar «talashishi» kutilayotgan 11 hujumchi
Sport | 15:30 / 01.04.2025
Konteynerni o‘quv markaziga aylantirgan vodillik talaba hikoyasi
Jamiyat | 09:03 / 01.04.2025
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qamchiqda Honda xandaqqa quladi
O‘zbekiston | 13:49
-
Sirdaryoda ag‘darilgan yuk mashinasida qolib ketgan haydovchi qutqarildi
Jamiyat | 13:18
-
Noqonuniy imoratlar haqidagi ma’lumotlarni Qurilish vazirligiga yuborish mumkin
O‘zbekiston | 13:10
-
Berbok: Germaniya hukumati «Shimoliy oqim-2» qayta ishga tushirilishiga qarshi
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

10:11 / 15.02.2025
G‘ijduvonda yana bir uy portlagani ma’lum bo‘ldi. Qurbon bor

11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi

12:43 / 19.11.2024
DXX: Ellikqal’a va G‘ijduvonda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

21:36 / 13.06.2024