Jamiyat | 12:39 / 30.07.2020
19882
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan YTH oqibatida podpolkovnik halok bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 29 iyul kuni soat 01:40larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Mansur G‘aniboyev va oldin profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qilgan, hozirgi vaqtda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Janibek Tanatovning boshqaruvida bo‘lgan Nexia-1 rusumli avtomashinada o‘ziga biriktirilgan ma'muriy hududida xizmat olib borayotgan bo‘lishgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular ushbu avtomashina bilan A-380-G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistrali yo‘lining 868-869 km oralig‘ida yo‘lning chetida turgan paytida, Qonliko‘l tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro K.B. mast holatda o‘z boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomashinasi yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelib, fuqaro J.Tanatovning Nexia-1 rusumli avtomashinasiga kelib urilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Mazkur yo‘l transporti hodisasi natijasida fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida bo‘lgan Qo‘ng‘irot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori, podpolkovnik M.G‘aniboyev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid