«Koronavirus Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan ikkinçi guruh – öta xavfli infeksiyalar guruhiga kiritilgan. Bu holatda koronavirusdan ölgan murda ham kasallikni çaqiriş imkoniyatiga ega deb qaraladi. Şu bois jasadlar patalogoanomatik körsatmalar asosida yuvilib, örab, töğridan töğri kömişga olib borilayotgan edi.

Kuni keça mutaxassislar iştirokida ötkazilgan katta yiğilişda bu tartibga özgartiriş kiritiş masalasi körib çiqildi. Respublika patalogoanatomiya markazi olib borgan örganişlar böyiça taklif berildi – bemor vafot etgandan keyin ikki soat ötgaç, virus jasadda öz kuçini yöqotadi. Şu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoşlariga berib yuborişga ruxsat beriş taklifi ilgari surilyapti», – deya Alimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ştab a'zosi Habibullo Oqilovning ma'lum qilişiça, bu taklif hozirda respublika maxsus komissiyasi tomonidan körib çiqilmoqda.

«Xitoyda, Koreyada, Yaponiyada hozirgaça koronavirusdan ölgan bemor tanasini dezinfeksiya qilib, ikkita germetik paketga solib, qarindoşlariga bermay, töğri krematoriyga yuboriş amaliyoti saqlanib turibdi. Bizda hozirgaça jasadni yuviş, kafanlaş – barça rasm-rusumlarni patalogoanatomiya byurosida bajarib, dafn marosimi SES xodimi va yaqin qarindoşlar iştirokida ötkazilayotgan edi.

Örganişlarimizga asosan, virus faqatgina tirik hujayrada yaşab, jasadda 2 soatdan keyin yuqiş kuçini yöqotişi yoki juda pasayişini inobatga olgan holda tartibga özgartiriş kiritiladi – yuviş va kafanlaş byuroda ötkaziladi, keyin jasad qarindoşlarga beriladi. Janoza 5-10 nafardan köp bölmagan eng yaqin qarindoşlar iştirokida mozorboşida öqiladi», – dedi Oqilov.