Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi “Poçta aloqasi xizmatlarini körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasi böyiça qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholaş yuzasidan xulosa berdi.
Loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan taqdim etilgan. Unda poçta aloqasi xizmatlarini körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş, sohaga ilğor zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, poçta aloqasi milliy operatorining faoliyati samaradorligini oşiriş nazarda tutilgan.
Qaror loyihasining 2-bandida 2022 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida poçta aloqasi xizmatlarini litsenziyalaş tartibi joriy etilişi körsatilgan.
Qaror loyihasining 6-bandida 2024 yilning 1 yanvarigaça bölgan davrda Milliy operator – “Özbekiston poçtasi” aksiyadorlik jamiyati:
asosiy faoliyat turi böyiça foyda soliği (tijorat banklarida joylaştirilgan mablağlardan olingan foizlardan taşqari), mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqni tölaşdan;
belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça Milliy operator infratuzilmasini modernizatsiya qiliş doirasida çetdan olib kiriladigan, Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan texnik va texnologik uskunalar, butlovçi va ehtiyot qismlar, dasturiy ta'minot hamda transport vositalari bojxona tölovlarini (qöşilgan qiymat soliği va bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) tölaşdan ozod qilinişi nazarda tutilgan.
Qaror loyihasining 7-bandida Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Milliy operatorga aholiga universal xizmat körsatiş markazlari taşkil etiş, yangi turdagi poçta aloqasi bölimlari, logistika markazlari quriş uçun joylaşgan örni va maydoniga doir sörovlariga muvofiq beğaraz asosda yer uçastkalari ajratilişi ta'minlanişi belgilangan.
Bildirilişiça, qaror loyihasining 2-bandida 2022 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasi hududida poçta aloqasi xizmatlarini litsenziyalaş tartibi joriy etilişi körsatilgan.
Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini yanada qisqartiriş va soddalaştiriş, şuningdek, biznes yuritiş şart-şaroitlarini yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2018 yil 11 apreldagi PF-5409-son farmoniga köra, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillari borasida davlat siyosatining ustuvor yönalişlari etib:

















