AQŞning Crew Dragon kemasi Xalqaro koinot stansiyasidan avtomatik rejimda ajralib, öz bortida astronavtlar Duglas Xerli va Robert Benken bilan Yerga qaytmoqda. Bu haqda NASA xabar berdi.
Astronavtlar XKSga 2 oy oldin yetkazilgandi. Ularni Yerga qaytarayotgan fazoviy kema Toşkent vaqti bilan 2 avgust soat 23:42da Florida ştati sohillari yaqinida Atlantika okeanida qönişi belgilangan.
Ayni vaqtda XKSda rossiyalik fazogirlar Anatoliy Ivanişin va Ivan Vagner hamda amerikalik Kris Kessidi qolmoqda. NASA joriy yilda stansiyaga ayol astronavt Ketlin Rubinsni jönatişni rejalaştirgan. Rubins oktyabrda fazoga uçirilişi rejalaştirilgan “Soyuz MS-17” kemasi ekipaji tarkibida XKSga yöl oladi. 2020 yilda NASA “Soyuz”dagi bir örin uçun Roskosmosga 90 mln dollar atrofida pul tölaydi.
"Dragon departing." The @SpaceX Dragon Endeavour undocked and separated from @Space_Station. @AstroBehnken & @Astro_Doug are on their way home to planet Earth. pic.twitter.com/VHYSblw3kU
— NASA (@NASA) August 1, 2020
Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida 30 may kuni Floridadagi kosmodromdan XKS tomon uçirilgandi. Bu xususiy kompaniyaning ilk bor koinotga fazogirlarni olib çiqişi bölgan. Şuningdek, NASA’ning Space Shuttle dasturi 2011 yilda tugatilgandan keyin amerikalik astronavtlar birinçi marta XKSga Rossiyaning “Soyuz” kemasidan boşqa kemada jönatilgan. Kema XKSga Duglas Xerli va Robert Benkenni yetkazgandi.
















