Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltiariqdagi choyxonada giyohvandlik vositasini 26 million so‘mga sotgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 29 iyul kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda Postda nashri xabar bermoqda.
Tadbir davomida fuqaro J.M. Yangiarab mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan choyxonada “gashish” giyohvandlik vositasini 26 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. Giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil tariqasida olindi.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro J.M.ga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
“Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik o‘simliklarini ekish, iste'mol qilish, saqlash, sotish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qonunlarimizda og‘ir jazolar nazarda tutilgan. Xususan, ushbu holat, ya'ni Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026